SOG‘LIQNI SAQLASH SOHASIGA YO‘NALTIRILGAN TA’LIMDA NAZARIYA VA AMALIYOT UYG‘UNLIGINI TA’MINLASHNING PEDAGOGIK MEXANIZMLARI

Turdiyeva Xayriniso Aliyevna

Navoiy Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi o’qituvchisi

Fayziyeva Hurriyat Baxtiyor qizi

Navoiy Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi o’qituvchisi

Keywords: sog‘liqni saqlash ta’limi, nazariya va amaliyot uyg‘unligi, pedagogik mexanizm, kompetensiyaviy yondashuv, amaliy mashg‘ulotlar, simulyatsion ta’lim.


Abstract

Mazkur maqolada sog‘liqni saqlash sohasiga yo‘naltirilgan ta’lim tizimida nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalar uyg‘unligini ta’minlash masalalari ilmiy-pedagogik jihatdan tahlil etiladi. Tibbiy va jamoat salomatligi yo‘nalishidagi o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida mutaxassislar tayyorlash jarayonida yuzaga kelayotgan asosiy muammolar - nazariya va amaliyot o‘rtasidagi uzilishlar, amaliy mashg‘ulotlarning yetarli darajada samarali tashkil etilmasligi hamda kompetensiyalarning to‘liq shakllanmasligi ochib beriladi. Tadqiqot davomida kompetensiyaviy yondashuv, amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim, fanlararo integratsiya, simulyatsion mashg‘ulotlar va interfaol ta’lim metodlari nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlovchi asosiy pedagogik mexanizmlar sifatida asoslab beriladi. Maqola natijalari sog‘liqni saqlash ta’limi sifatini oshirish, kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lgan mutaxassislar tayyorlash jarayonini takomillashtirishga xizmat qiladi.