“Klinik Tadqiqotlar va Innovatsion Tibbiyot” jurnali O‘zbekiston Respublikasida tibbiyot sohasidagi ilmiy va amaliy tadqiqotlarni yoritishga bag‘ishlangan ilmiy nashrdir. Ushbu jurnal klinik tadqiqotlar, innovatsion tibbiy texnologiyalar va zamonaviy davolash usullarini targ‘ib qilishga qaratilgan bo‘lib, mahalliy va xalqaro olimlar, amaliyotchi shifokorlar hamda ilmiy izlanuvchilar uchun muhim platforma hisoblanadi.
Maqsad va vazifalar:
Jurnalning asosiy maqsadi tibbiyot sohasidagi eng so‘nggi ilmiy yutuqlarni, klinik tadqiqotlar natijalarini va innovatsion yondashuvlarni nashr etish orqali tibbiyot hamjamiyatini rivojlantirishdir. U quyidagi yo‘nalishlarga e’tibor qaratadi:
Qabul yo’nalishlari:
03.00.01-Biokimyo
03.00.02-Biofizika va radiobiologiya
03.00.04 -Mikrobiologiya va virusologiya
13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar boʻyicha)
14.00.01 -Akusherlik va ginekologiya
14.00.02 -Morfologiya 14.00.03-Endokrinologiya
14.00.04 -Otorinolaringologiya
14.00.05 -Ichki kasalliklar
14.00.06-Kardiologiya
14.00.07-Gigiyena
14.00.08-Oftalmologiya
14.00.09-Pediatriya
14.00.10 -Yuqumli kasalliklar
14.00.11-Dermatologiya va venerologiya
14.00.12 -Tibbiy reabilitologiya
14.00.13-Nevrologiya
14.00.14 -Onkologiya
14.00.15 -Patologik anatomiya
14.00.16-Normal va patologik fiziologiya
14.00.17 -Farmakologiya va klinik farmakologiya
14.00.18 -Psixiatriya va narkologiya
14.00.19-Klinik radiologiya
14.00.20 -Tibbiy genetika
14.00.21 -Stomatologiya
14.00.22 -Travmatologiya va ortopediya
14.00.23-Hamshiralik ishini tashkil etish
14.00.24-Sud tibbiyoti
14.00.25-Klinik-laborator va funksional diagnostika
14.00.26 -Ftiziatriya
14.00.27-Xirurgiya
14.00.29-Gematologiya va transfuziologiya
14.00.30-Epidemiologiya
14.00.31-Urologiya
14.00.33-Jamiyat salomatligi. Sogʻliqni saqlashda menejment
14.00.34-Yurak-qon tomir xirurgiyasi
14.00.35 -Bolalar xirurgiyasi
14.00.36-Allergologiya va immunologiya
14.00.37 -Anesteziologiya va reanimatologiya
14.00.43-Profilaktik tibbiyot
19.00.04-Tibbiy va maxsus psixologiya
Nashr xususiyatlari
Tarqalishi:
Jurnal O‘zbekiston va Markaziy Osiyo mintaqasidagi tibbiyot mutaxassislari, olimlar, professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, magistrlar va talabalarga mo‘ljallangan. Shuningdek, xalqaro miqyosda tibbiyot sohasida faoliyat yurituvchi tadqiqotchilar uchun ham foydali manba hisoblanadi.