Maqola qabul qilish talablari
- Maqola matni o’zbek, rus yoki ingliz tilida va kamida olti varoqdan iborat bo’lishi lozim.
- Ichki taqriz. Maqola tegishli fan yo‘nalishi bo‘yicha PhD yoki fan doktorining rasmiy taqrizi bilan birga qabul qilinadi.
- Maqolada bo’lishi lozim:
- UDK.
- Maqola mavzusi (Title)
- Muallifning to’liq ismi familyasi, lavozimi va ish joyi toliq yozilishi lozim va telefon raqami ko’rsatilishi kerak. (Author information)
- Maqola annotatsiyasi uch tilda yozilishi lozim. O’zbek, rus va ingiliz tilida (Abstract)
- Kalit so‘zlar O’zbek, rus va ingiliz tilida (Key words)
- Kirish (Introduction)
- Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili (Literature review)
- Tadqiqot metodologiyasi (Research Methodology)
- Tahlil va natijalar (Analysis and results)
- Xulosa va takliflar (Conclusion/Recommendations) Maqolaning asosini tashkil qilib asosan otkazilgan tadqiqod yoki tajriba yuzasidan kamida 3ta taklif aniq va londa qilib 1)…2)…3)… tartibida ko’rsatilishi lozim.
- Adabiyotlarning ro‘yxati ingliz tilida [1], [2], [3] ketma-ketligida qo‘yiladi va maqolada foydalanilgan joyida [1],[2],[3]…tartibida keltiriladi xamda foydalanilgan adabiyotlar soni kamida 10-15 manbadan iborat bo‘lishi lozim. (References)
- Maqola matni shrifti “Times New Roman”da, 14 kegelda bo‘lib, qatorlar oraliqlari masofasi 1.5 intervalda bo‘lishi lozim. Maqola matni sahifasining barcha (o‘ng, chap, yuqori va quyi) tomonidan 2 santimetrdan iborat masofa qoldiriladi.
- Qayd etilgan talablar asosida shakillantirilgan maqolalar maxsus plagiat
tekshiruvidan o’tkaziladi, 70% o’ziga hoslik ko’rsatkichi bo’lgan maqolalar qabul qilinadi va shundan song taxririyat kengash a’zolariga maqolani ko’rib chiqish uchun taqdim qilinadi.