NAVOIYNING G‘AZALLARIDA SADOQATLI YOR TIMSOLI
Ismoilova Muxlisa Umidjon qizi
Urganch Ranch texnologiya universiteti
Keywords: Alisher Navoiy, g‘azal, sadoqat, yor timsoli, tasavvuf, ma’naviyat,ishq falsafasi, ma’rifiy meros, lirika, majoz va haqiqat.
Abstract
Alisher Navoiy g‘azallarida sadoqatli yor timsolining badiiy ifodalanishi va uning estetik hamda axloqiy mazmuni ilmiy asosda tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida klassik Sharq she’riyati an’analari, tasavvuf falsafasi va o‘ziga xos lirika poetikasi nuqtayi nazaridan yoritib berildi. Sadoqatli yor obrazi orqali shoir insoniy muhabbat, vafodorlik, ruhiy poklik va ma’naviy yetuklik g‘oyalarini ilgari suradi. Shuningdek, Navoiy asarlaridagi yor timsoli nafaqat shaxsiy muhabbat ramzi, balki ilohiy ishq va komillikka intilishning ham badiiy in’ikosi sifatida talqin qilindi. Maqola davomida mazkur obrazning ramziy qatlamlari, badiiy vositalar orqali ochib berilishi hamda o‘zbek mumtoz adabiyoti taraqqiyotidagi o‘rni ilmiy jihatdan asoslab berildi. Tadqiqot natijalari Navoiy ijodida sadoqatli yor timsolining poetik konsepsiyasini chuqurroq anglash va uni zamonaviy adabiy-estetik talqinlarda tadqiq etish uchun muhim ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
References
Navoiy, A. (1991-1993). Xamsa. 10 jildlik. – Toshkent: Fan. (Asosan, G‘aroyib us-sigar devoni va boshqa lirik to‘plamlardagi g‘azallar manba sifatida olinadi).
2. Navoiy, A. (2000). Devon. – Toshkent: Yangi asr avlodi.
3. Navoiy, A. (1983). Lison ut-tayr. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti.
4. Shukurov, Sh. (2010). Imaginiy mir poezii Alishera Navoi. – Toshkent: Yangi asr avlodi.
5. Nafasov, T. (2014). Navoiy g‘azallarida muhabbat falsafasi. – Toshkent: Navoiy nashriyoti.