Maqolalarga qo‘yiladigan asosiy talablar (OAK talablari asosida):
Ilmiy yangiligi va dolzarbligi: Maqola mavzusi yangi ilmiy g‘oyalarni o‘z ichiga olishi, tadqiqot natijalari esa dolzarb muammolarning yechimiga qaratilgan bo‘lishi lozim.
Tarkibiy tuzilishi:
Mavzu sarlavhasi: Aniq, qisqa va mazmunni aks ettirishi shart.
Muallif(lar) haqida ma’lumot: F.I.O, ilmiy darajasi va unvoni, ish joyi, elektron pochta manzili va telefon raqami ko‘rsatiladi.
Annotatsiya: Maqolaning qisqacha mazmuni (100-150 so‘z), uning maqsadi, usullari va asosiy xulosalari uch tilda (o‘zbek, rus, ingliz) taqdim etilishi zarur.
Kalit so‘zlar: Maqolaning mazmunini aks ettiruvchi 5-7 ta so‘z yoki so‘z birikmasi uch tilda beriladi.
Kirish: Tadqiqot muammosining dolzarbligi, mavzuning o‘rganilganlik darajasi va maqsad-vazifalar bayon etiladi.
Asosiy qism: Tadqiqot natijalari, tahlillar va muallifning ilmiy nuqtai nazari ishonchli manbalarga asoslangan holda yoritiladi.
Xulosa: Olingan natijalar umumlashtiriladi, ularning ilmiy va amaliy ahamiyati ko‘rsatiladi.
Adabiyotlar ro‘yxati: Maqolada foydalanilgan barcha manbalar tartibli ro‘yxat shaklida keltiriladi.
Texnik talablar:
Maqola matni: Times New Roman shriftida, 12 hajmda, 1,5 intervalda, 6-10 sahifadan kam bo‘lmasligi kerak.
Matn ichidagi havolalar kvadrat qavslar ichida [1, 25-b.] beriladi.