JIGARNING DIFFUZ O’ZGARISHLARIDA KOMPYUTER TOMOGRAFIYA USULINING AHAMIYATI
Marjona Boyqobilova
Tibbiy radiologiya bo'yicha ikkinchi kurs magistratura rezidenti
Guzal Xaydarova
Tibbiy radiologiya kafedrasi dotsenti, Tibbiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori(PhD)
Diyorbek Zulpikariyev
Tibbiy radiologiya kafedrasi katta o'qituvchisi, Toshkent davlat tibbiyot universiteti
Keywords: jigar diffuz o’zgarishlari, yog’li gepatoz, jigar sirrozi, virusli gepatit, UTT, KT, MRT, gepatosplenomegaliya, gepatit, sirroz, sariqlik, portal gipertenziya, noinvaziv tashxis, epidemiologik muammo
Abstract
Jigar diffuz o’zgarishlarida kompyuter tomografiyasi (KT) ayniqsa steatozda muhim ko’rsatgich hisoblanuvchi parenxima zichligini Xaunsfild shkalasi bo’yicha aniq o’lchay oladi, 3D rekonstruksiyasi sabab atrof to’qima haqida hamda kasallik darajasi haqida ham ma’lumot bera oladi. Boshqa usullardan farqli ravishda qisqa vaqtda yaxshi vizualizatsiya, keng tarqalganlik, narx, sezgirlik, artefaktlar kamligi jihatdan bir qancha ustunliklarga ega. Ko’plab ilmiy va amaliy izlanishlar natijalariga ko‘ra, KT jigarning diffuz o‘zgarishlarini aniqlashda sezilarli afzalliklarga ega. KT yordamida steatoz, fibroz va sirroz kabi kasalliklarni erta aniqlash va ularning og‘irlik darajasini baholash mumkin. Shuningdek, KT boshqa tasvirlash usullariga nisbatan jigar parenximasi zichligini aniq o‘lchash imkonini beradi. Turli adabiyotlarda KTning diffuz jigar kasalliklarini tashxislashdagi sezgirligi 85-95% atrofida ekani qayd etilgan. KT yordamida jigarning morfologik o‘zgarishlari, qon tomirlarining kengayishi va qo‘shimcha patologiyalar (masalan, gepatosellyulyar karsinoma)ni aniqlash mumkin.
References
1. Bril F, Ortiz-Lopez C, Lomonaco R, Orsak B, Freckleton M, Chintapalli K, et al. Clinical value of liver ultrasound for the diagnosis of nonalcoholic fatty liver disease in overweight and obese patients. Liver Int 2015; 35: 2139–46. doi: 10.1111/liv.12840 [DOI] [PubMed] [Google Scholar]
2. Global burden of liver cirrhosis and other chronic liver diseases caused by specific etiologies from 1990 to 2019 | BMC Public Health | Full Text https://bmcpublichealth.biomedcentral.com/articles/10.1186/s12889-024-17948-6
3. Диссертация на тему «Лучевая диагностика диффузных заболеваний печени», скачать бесплатно автореферат по специальности ВАК РФ 14.01.13 - Лучевая диагностика, лучевая терапия. https://www.dissercat.com/content/luchevaya-diagnostika-diffuznykh-zabolevanii-pecheni
4. CT Techniques, Protocols, Advancements and Future Directions in Liver Diseases – PMC https://pmc.ncbi.nlm.nih.gov/articles/PMC8388239/
5. Imaging of Diffuse and Inflammatory Liver Disease - Diseases of the Abdomen and Pelvis 2018-2021 - NCBI Bookshelf https://www.ncbi.nlm.nih.gov/books/NBK543799/
6. Diffuse Liver Diseases: Role of imaging – ScienceDirect https://www.sciencedirect.com/science/article/abs/pii/S0887217117301178
7. Computed tomographic scanning in liver disease https://pubmed.ncbi.nlm.nih.gov/648084/
8. Accuracy of Ultrasonography vs. Elastography in Patients With Non-alcoholic Fatty Liver Disease: A Systematic Review- https://pmc.ncbi.nlm.nih.gov/articles/PMC9637432/#REF31
9. EASL Congress 2026 - OFFICIAL WEBSITE - EASL Congress 2026- https://www.easlcongress.eu/
10. Boll DT, Merkle EM. Diffuse liver disease: strategies for hepatic CT and MR imaging. Radiographics. 2009;29(6):1591–614. [DOI] [PubMed]