Xiva tumani tuproqlarining hozirgi holati, tarkibidagi mineral va organik oʻgʻitlarning taʼsirini kartografik tasvirlash
Himmatbek Qodirov
Xorazm viloyati agrokimyoviy tahlil markazi Kartografiya va raqamlashtirish bo‘lim boshlig‘i
Abstract
Xiva tumani tuproqlarining hozirgi holatini o‘rganish hududning agroekologik, iqlimiy va geologik xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Hududning iqlimi asosan kontinental bo‘lib, yozlari quruq va issiq, qishlari sovuq o‘tadi. Ushbu iqlim sharoiti tuproqning fizik va kimyoviy xossalariga bevosita taʼsir qiladi. Tuproqning hozirgi holati yer osti va yer usti resurslarining intensiv ishlatilishi, sug‘orish rejimlari va organik hamda mineral o‘g‘itlar bilan ishlash darajasiga bog‘liq. Xiva tumani hududida asosan qumloq, loyloq va aralash tuproqlar uchraydi. Qumloq tuproqlar suvni tez o‘tkazuvchan, lekin ozuqa moddalarini saqlash xususiyati past bo‘lgani uchun o‘g‘itlash talabchanligi yuqori. Loyloq va aralash tuproqlar esa nisbatan ozuqa moddalarga boy va suvni ushlab turish qobiliyati yuqori bo‘ladi.