Yo'riqnoma

“FANLARARO TAFAKKUR” mavzusidagi ilmiy-amaliy respublikasi konferensiyasi

AXBOROT XATI

“FANLARARO TAFAKKUR” mavzusidagi ilmiy-amaliy konfernensiya – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-oktabrdagi PF-6097-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”da ko‘zda tutilgan maqsad va vazifalarni yuzaga chiqarish, ilm-fan va taʼlim sohalarining yutuqlari, muammolari va rivojlanish istiqbollari, xususan, Markaziy Osiyoda ilm-fan va taʼlimning tarixi va o‘ziga xos rivojlanish bosqichlari, ilm va maʼrifatning taraqqiyot yo‘li, O‘rta Osiyo ilm va maʼrifatiga ulkan xissa qo‘shgan olimlar, shuningdek ilm-fan va taʼlimning takomillashtirish muammolari va bu borada olib borilayotgan ilmiy izlanishlar va yangiliklarni ilmiy jamoatchilikka yetkazish, yosh avlodni ilm-fan va taʼlimga qiziqishlarini yanada oshirish, sohaviy mutaxassislar, olimlarning ilmiy qarashlarini ifodalash, ilg‘or nazariyalar va ilmiy fikrlarni muhokamaga qo‘yish hamda boyitish, metodika va amaliyotni hayotga keng joriy etish, olimlar va yoshlarning ilmiy yangiliklarini keng ilmiy jamoatchilikka yetkazish maqsadida tashkil etiladi.

Ilmiy-amaliy konferensiya fan tarmog‘ining quyidagi sohalari bo‘yicha tezislarni qabul qiladi:

  1. ANIQ FANLAR
  2. TABIIY FANLAR
  3. TEXNIKA FANLARI
  4. PEDAGOGIKA FANLARI
  5. PSIXOLOGIYA FANLARI
  6. IQTISOD FANLARI
  7. YURIDIK FANLAR
  8. FILOLOGIYA FANLARI
  9. TIBBIYOT FANLARI
  10. QISHLOQ XO‘JALIGI FANLARI
  11. FALSAFA FANLARI
  12. TARIX FANLARI
  13. SAN'ATSHUNOSLIK FANLARI

          Ilmiy-amaliy konferensiyaga tezislar o‘zbek, qoraqolpoq, rus va ingliz tillarining birida qabul qilinadi. O‘zbek tilida beriladigan tezislar lotin yozuvida bo‘lishi talab etiladi.

TEZISGA QO‘YILADIGAN TALABLAR:

  1. Tezis matni A4 formatidagi varaqda yozilgan bo‘lib, unda quyidagi qoidalarga rioya etilgan bo‘lishi lozim:

- qatorlar oralig‘i—1,5 interval;

- yuqori va pastki hoshiya 2 sm, chap tomondan 3 sm, o‘ng tomondan 1,5 sm; Tezis matnini Misrosoft Word matnli redaktorida Times New Roman, 14 o‘lchamli shriftida yozish talab etiladi.

  1. Rasmlar, jadvallar va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati tegishli ravishda matn orasida keltirilishi lozim. Matndagi jadval, rasm va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati tegishli ravishda belgilangan, jadvallarga qisqartirilmagan holda sarlavha bilan yozilishi lozim.
  2. Rasm yoki fotosuratlar Word grafik muharririda chizilgan yoki skanerlangan bo‘lishi, rasm yoki fotosuratlarning pastki qismida sarlavhasi va son bilan belgilangan bo‘lishi lozim.
  3. Matndagi formulalar aniq holda ko‘rsatilgan, nomerlagan bo‘lishi lozim.
  4. Matnda keltirilgan barcha o‘lcham va kattaliklar tegishli ravishda xalqaro o‘lchov birliklar tizimiga mos kelishi shart.

Agar tezis ingliz yoki rus tillarida bo‘lsa tegishli soha mutaxasisining tezisni to‘g‘ri tarjima qilinganligi yuzasidan kafolat xati taqdim qilinishi zarur. Qayd etilgan talablar asosida shakllantirilgan tezislar maxsus plagiat tekshiruvidan o‘tkaziladi, 70% o‘ziga hoslik ko‘rsatkichi bo‘lgan tezislar qabul qilinadi va shundan so‘ng taxririyat kengash a’zolariga tezisni ko‘rib chiqish uchun taqdim qilinadi.

 

 

 

 

 

NAMUNA

MAQOLA MAVZUSI

(bosh harflarda, qoraytirilgan shaklda o‘rtadan yoziladi)

F.I.SH

Ish joyi

E-mail:

(qisqartmalarsiz keltirilsin)

Annotatsiya: matn, matn, matn, matn, matn, matn, matn, matn, matn, matn, matn, matn, matn, matn, matn, matn, matn, matn, matn, matn, matn.(14 shrift, 1,5 interval)

Kalit so‘zlar: matn, matn, matn, matn, matn, matn, matn. .(14 shrift, 1,5 interval)

 

Matn, matn, matn, matn, matn, matn, matn, matn, matn, matn, matn, matn, matn, matn, matn, matn, matn, matn, matn, matn, matn, matn, matn, matn, matn, matn, matn, matn, matn, matn, matn, matn, matn, matn, matn, matn, matn, matn, matn, matn, matn, matn. .(14 shrift, 1,5 interval, abzas 1,25)

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

  1. mualliflar ismi-sharifi, kitob nomi, nashr manzili nashriyot nomi, yili, betlari.
  2. mualliflar ismi-sharifi, tezis nomi, jurnal nomi, nashri, yili, soni,
    betlari.