FAVQULODDA VAZIYAT DAVLAT TUZUMI VA FUQARO MUHOFAZASI TIZIMLARIDA XABAR BERISH VA ALOQANI TASHKIL ETISH
Baxtiyor Qobilov
Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Hayot faoliyati xavfsizligi o’qitish markazi oʼqituvchisi
Keywords: favqulodda vaziyat, fuqaro muhofazasi, xabar berish tizimi, aloqa, ogohlantirish, 112 markazi, sun’iy intellekt, geoinformatsion tizim, texnologiyalar, xavfsizlik, davlat tizimi.
Abstract
Ushbu maqolada favqulodda vaziyat davlat tuzumi (FVDT) va fuqaro muhofazasi (FM) tizimlarida xabar berish hamda aloqa jarayonlarini tashkil etish masalalari keng yoritilgan. Unda favqulodda holatlarda aholiga tezkor ogohlantirish berishning ahamiyati, boshqaruv organlari va qutqaruv xizmatlari o‘rtasidagi aloqa mexanizmlari, shuningdek, zamonaviy texnologiyalarning bu sohadagi o‘rni tahlil qilingan. Maqolada aloqa tizimining ishonchliligi, tezkorligi va uzluksizligi davlat xavfsizligini ta’minlashdagi asosiy omil sifatida ko‘rsatilgan. Shuningdek, FVDT va FM tizimlari o‘rtasidagi o‘zaro integratsiya, “112” yagona dispetcherlik markazi faoliyati va sun’iy intellekt, GIS hamda sun’iy yo‘ldosh texnologiyalarining amaliy ahamiyati haqida so‘z yuritilgan.
References
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – Toshkent: “O‘zbekiston” nashriyoti, 2023.
2. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi to‘g‘risidagi nizom. – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-noyabrdagi PQ–3419-son qarori.
3. “Fuqaro muhofazasi to‘g‘risida”gi Qonun. – O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, 1999-yil 26-may, № 813-I.
4. “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish to‘g‘risida”gi Qonun. – O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, 1999-yil 20-avgust, № 822-I.
5. Favqulodda vaziyatlar davlat tizimi to‘g‘risidagi Nizom. – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-dekabrdagi 275-son qarori.
6. Abdullayev, R., & Yoqubov, M. Favqulodda vaziyatlarda xavfsizlik asoslari. – Toshkent: Oliy ta’lim nashriyoti, 2021.