“FUQARO MUHOFAZASI TIZIMIDA MA’NAVIY-PSIXOLOGIK TAYYORGARLIKNING TARIXIY RIVOJI VA INNOVATSION ISTIQBOLLARI”
Boburjon Teshaboyev
O‘zbekiston Respublikasi FVV Akademiyasi kafedra katta o‘qituvchisi
Keywords: fuqaro muhofazasi, ma’naviy-psixologik tayyorgarlik, qutqaruvchi, favqulodda vaziyat, psixologik barqarorlik, kasbiy yaroqlilik, ruhiy reabilitatsiya, xavfsizlik tizimi.
Abstract
Ushbu ilmiy maqolada fuqaro muhofazasi tizimi xodimlarining ma’naviy va psixologik tayyorgarligini shakllantirish masalalari kompleks tarzda o‘rganilgan. Tadqiqotda favqulodda vaziyatlar sharoitida inson omilining ahamiyati, qutqaruvchilarning kasbiy yaroqliligi, ruhiy barqarorlik darajasi hamda ekstremal sharoitlarda qaror qabul qilish qobiliyatining ijtimoiy-psixologik jihatlari tahlil qilingan. Maqolada ma’naviy-psixologik tayyorgarlikning uch bosqichli tizimi — dastlabki ruhiy tayyorgarlik, faoliyat davomida psixologik yordam ko‘rsatish va reabilitatsiya bosqichlari ilmiy asosda yoritilgan. Har bir bosqichning mazmuni, maqsadi hamda ularning o‘zaro uzviy bog‘liqligi tahlil qilinib, amaliyotga tatbiq etish mexanizmlari taklif etilgan. Shuningdek, qutqaruvchilarda vatanparvarlik, fidoyilik, irodaviy barqarorlik, axloqiy poklik kabi sifatlarni shakllantirishning tarbiyaviy usullari ochib berilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, fuqaro muhofazasi tizimi samaradorligini ta’minlashda inson omilining — xodimlarning ma’naviy, ruhiy va kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish — hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil etilgan psixologik tayyorgarlik tizimi favqulodda vaziyatlarda tezkor, puxta va xavfsiz qarorlar qabul qilishni ta’minlaydi, natijada jamiyat xavfsizligini mustahkamlashga xizmat qiladi.
References
1. O‘zbekiston Respublikasining 26.12.2008-yildagi “Qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27.10.1998-yildagi “Texnogeen, tabiiy va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarning tasnifi to‘g‘risida” 455-son Qarori.
3. Б.С.Корзунин, Д.Н.Цефрус Нервно-психическая устойчивость как критерий профессиональной адаптации / Психолого-педагогические проблемы безопасности человека и общества. 2015. № 2 (27).
4. В.А. Пучкова Защита населения в чрезвычайных ситуациях: учебник / под общей ред. – 2015. Стр 58.
5. М.Г. Ковтунович; Н.В. Рожков; С.Н. Ениколопов; Е.В. Орлова. Психологическая подготовка спасателей / под общей ред. М.Г. Ковтунович. – М., 2007.
6. Технология ведения поисково-спасательных работ при ликвидации чрезвычайных ситуаций. M.: 2011, стр 286.
7. Niyozov S. “Ekstremal holatlarda psixologik barqarorlikni shakllantirish.” – Ilm va amaliyot, №2, 2021.
8. Nicki Marquardt, Lisa Krämer & Verena Schürmann. Mental preparation strategies and firefighter’s performance under stress. International Journal of Safety and Security Engineering. Volume 9 (2019), Issue 4. 332 – 343 pages.
