RAQAMLI INFRATUZILMA LOYIHASIDA XAVFSIZLIK TALABLARINI QABUL DALILLARI BILAN BOG‘LASH
Tojimuradov Maxmadiyor Alisher o‘g‘li
O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi
Keywords: Kalit so‘zlar: loyiha boshqaruvi, kiberxavfsizlik, raqamli infratuzilma, qabul mezoni, qoldiq xavf.
Abstract
Annotatsiya. Tezisda Tog‘-kon sanoatida mahalliylashtirish va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish ilmiy-amaliy markazining «Hujjatlar majmui» platformasi loyihasi misolida kiberxavfsizlik talablarini loyiha vazifalari, mas’ul shaxslar va qabul dalillari bilan bog‘lash yondashuvi taklif etiladi. Tadqiqot hujjatli tahlil, yagona keys dizayni va ssenariyli iqtisodiy modellashtirishga asoslangan. Natijada 10 ta xavfsizlik talabi (ulardan 5 tasi kritik), 8 ta xavf ssenariysi, G0–G4 beshta nazorat nuqtasi hamda kritik talablarni umumiy ball bilan kompensatsiya qilmaslik qoidasi ishlab chiqildi. Uchta himoya paketi shartli parametrlarda qiyoslanganda B paketi uch yillik NPV bo‘yicha (104,17 mln so‘m) ustun chiqdi. Modelning amaliy samaradorligi keyingi pilotda tekshirilishi lozim.
References
1. NIST. The NIST Cybersecurity Framework CSF 2.0. NIST CSWP 29. 2024. https://doi.org/10.6028/NIST.CSWP.29
2. ISO. ISO 21502:2020 Project programme and portfolio management — Guidance on project management. 2020. Rasmiy ochiq tavsif. https://www.iso.org/standard/74947.html
3. Lawal Y. Integrating Cybersecurity into Project Management A Scoping Review of Current Practices and Gaps. Journal of Technology Studies. 2025. Vol. 50 No. 1. P. 53–63. https://doi.org/10.21061/jts.430
4. IBM. Cost of a Data Breach Report 2025. Armonk, NY: IBM, 2025. https://www.ibm.com/reports/data-breach
5. Gordon L. A., Loeb M. P. The Economics of Information Security Investment. ACM Transactions on Information and System Security. 2002. Vol. 5, No. 4. P. 438–457. https://doi.org/10.1145/581271.581274