UMUMTA’LIM MUASSASALARIDA INKLYUZIV TA’LIMNI BOSHQARISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI

Bakayeva Nilufar Baxriddinovna

Buxoro shahar 19-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori.

Keywords: Kalit so‘zlar: inklyuziv ta’lim, pedagogik boshqaruv, umumta’lim muassasasi, alohida ta’lim ehtiyojlari, individual yondashuv, pedagogik hamkorlik, ta’lim sifati, ijtimoiy moslashuv.


Abstract

Annotatsiya. Mazkur tezisda umumta’lim muassasalarida inklyuziv ta’limni samarali boshqarishning pedagogik, tashkiliy va metodik asoslari yoritilgan. Shuningdek, alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan o‘quvchilar uchun teng ta’lim imkoniyatlarini yaratish, pedagoglarning kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish, individual yondashuvni ta’minlash hamda maktab, oila va jamiyat hamkorligini kuchaytirish masalalari tahlil qilingan. Inklyuziv ta’limni boshqarishda rahbarning pedagogik yetakchiligi, ta’lim muhitining moslashuvchanligi va ta’lim sifatini muntazam monitoring qilishning ahamiyati asoslab berilgan.


References

1. O‘zbekiston Respublikasi. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun. O‘RQ-637-son, 2020-yil 23-sentabr.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-oktabrdagi PQ-4860-son qarori. “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”.

3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 638-son qarori. “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”.

4. O‘zbekiston Respublikasi. “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonun. O‘RQ-641-son, 2020-yil 15-oktabr.

5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi PF-5712-son Farmoni. “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”.