TIJORAT BANKLARI LIKVIDLILIGINI BOSHQARISHDA REAL VAQT REJIMIDAGI RAQAMLI INDIKATORLARDAN FOYDALANISH
Baxromov Nodirjon Muxammadamin o‘g‘li
АT Xalq banki markaziy apparati Boshqarma boshlig‘i, Vazirlar mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, mustaqil tadqiqotchisi
https://orcid.org/0009-0004-5487-7059
Keywords: tijorat banklari, bank likvidliligi, raqamli indikatorlar, real vaqt monitoringi, likvid aktivlar, pul oqimlari, moliyaviy barqarorlik, raqamli transformatsiya, erta ogohlantirish tizimi.
Abstract
Mazkur tezisda tijorat banklari likvidliligini boshqarish jarayonida real vaqt rejimida ishlaydigan raqamli indikatorlardan foydalanishning iqtisodiy ahamiyati, mavjud imkoniyatlari va amaliy istiqbollari yoritilgan. Bank likvidliligi moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, mijozlar oldidagi majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarish hamda kutilmagan pul oqimlari o‘zgarishlariga moslashishda muhim o‘rin tutadi. An’anaviy tahlil usullarining ma’lumotlarni kechikib taqdim etishi likvidlilik bilan bog‘liq xavflarni o‘z vaqtida aniqlash imkoniyatini cheklashi mumkin. Shu sababli to‘lovlar dinamikasi, depozitlar harakati, likvid aktivlar ulushi, pul oqimlari tafovuti va qisqa muddatli majburiyatlar kabi ko‘rsatkichlarni raqamli platformalar orqali uzluksiz kuzatish zarurati ortib bormoqda. Tezisda raqamli indikatorlarni yagona monitoring tizimiga birlashtirish va ular asosida erta ogohlantirish mexanizmini shakllantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.
References
1. Basel Committee on Banking Supervision. Principles for Sound Liquidity Risk Management and Supervision. Bank for International Settlements, 2008.
2. Basel Committee on Banking Supervision. Basel III: The Liquidity Coverage Ratio and Liquidity Risk Monitoring Tools. Bank for International Settlements, 2013.
3. Basel Committee on Banking Supervision. Basel III: The Net Stable Funding Ratio. Bank for International Settlements, 2014.
4. International Monetary Fund. Financial Soundness Indicators Compilation Guide. IMF, 2019.
5. Bank for International Settlements. Annual Economic Report. BIS, 2024.