METABOLIK SINDROMDA OYOQ ARTERIYALARINING VAQTGA BOG‘LIQ MORFOLOGIK REMODELLANISHI

Otamurodov A.N

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali, Termiz, O‘zbekiston

Khoshimov B.L

Kimyo International University in Tashkent, Toshkent, O‘zbekiston

Keywords: metabolik sindrom, oyoq arteriyalari, qon tomir remodellanishi, morfometriya, endotelial disfunksiya, intima, media, elastik tolalar, kollagen, aterogen o‘zgarishlar.


Abstract

Tadqiqot eksperimental metabolik sindrom sharoitida oyoq arteriyalarida morfologik va morfometrik o‘zgarishlarning vaqt bo‘yicha rivojlanishini baholashga qaratildi. Tadqiqot 90 ta jinsiy voyaga yetgan oq erkak laboratoriya kalamushlarida o‘tkazildi. Metabolik sindrom yuqori kaloriyali parhez va ichimlik sifatida 10% li fruktoza eritmasidan foydalanish orqali 30, 60 va 90 kun davomida modellashtirildi. Tashqi yonbosh, son, tizza osti, oldingi va orqa katta boldir arteriyalari morfologik jihatdan o‘rganildi. Natijalar metabolik sindromning 30-kunidayoq tomir bo‘shlig‘ining torayishi, intima va media qavatlarining qalinlashishi, endotelial hujayralar faollashuvi, ichki elastik membrananing yupqalashishi, silliq mushak hujayralarining ko‘payishi va kollagen tolalar ulushining ortishi kabi erta remodellanish belgilarini ko‘rsatdi. 60-kunda ushbu o‘zgarishlar chuqurlashib, endotelial disfunksiya, elastik karkasning qayta tuzilishi va fibrozlanish kuchaydi. 90-kunda esa tomir devorining barcha qavatlarida yaqqol patologik remodellanish, elastik komponentning degradatsiyasi va kollagenning sezilarli to‘planishi kuzatildi. Olingan ma’lumotlar metabolik sindromda periferik arteriyalar shikastlanishi vaqtga bog‘liq progressiv jarayon ekanligini ko‘rsatadi.


References

1. Dietary Supplementation with Silicon-Enriched Spirulina Improves Arterial Remodeling and Function in Hypertensive Rats. PMC, 2019. https://www.ncbi.nlm.nih.gov/pmc/articles/PMC6893466/

2. Geographic distribution of metabolic syndrome and its components in the general adult population: A meta-analysis of global data from 28 million individuals. ScienceDirect, 2022. https://www.sciencedirect.com/science/article/abs/pii/S0168822722007380

3. Impaired Elastic Properties of the Aorta in Fat-Fed, Streptozotocin-Treated Rats: Vascular Remodeling in Diabetic Arteries. Cardiology, 2009. https://karger.com/crd/article-abstract/114/2/107/77363/

4. Microstructural Characterization of Resistance Artery Remodelling in Diabetes Mellitus. Journal of Vascular Research, 2022. https://karger.com/jvr/article/59/1/50/824332/

5. Peripheral Artery Disease: Molecular Mechanisms and Novel Therapies. Arteriosclerosis, Thrombosis, and Vascular Biology. https://www.ahajournals.org/doi/10.1161/ATVBAHA.124.320195

6. Renal denervation restores biomechanics of carotid arteries in a rat model of hypertension. PMC, 2023. https://www.ncbi.nlm.nih.gov/pmc/articles/PMC10503847/

7. Survey of the extracellular matrix architecture across the rat arterial tree. PMC, 2022. https://pmc.ncbi.nlm.nih.gov/articles/PMC8739875/

8. The Role of Vascular Smooth Muscle Cells in Arterial Remodeling: Focus on Calcification-Related Processes. International Journal of Molecular Sciences, 2019. https://www.mdpi.com/1422-0067/20/22/5694

9. Vascular smooth muscle cell metabolic reprogramming and phenotypic remodeling in atherosclerosis. Cell Death Discovery, 2025. https://www.nature.com/articles/s41420-025-02932-9

10. Worldwide trends in metabolic syndrome from 2000 to 2023: a systematic review and modelling analysis. Nature Communications, 2025. https://www.nature.com/articles/s41467-025-67268-5