XORAZM VOHASI AGROEKOTIZIMLARIDA YOMG‘IR CHUVALCHANGLARINING TUR TARKIBI, TARQALISHI VA BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARI
Rahimberganova Mushtariy Timurovna
Urganch davlat universitesi
Keywords: Kalit so‘zlar: yom‘ir chuvalchangi, agroekotizim, tuproq faunasi, bioekologiya, tur tarkibi, tuproq unumdorligi, ekologik omillar, Xorazm vohasi.
Abstract
Annotatsiya. Ushbu tezisda yomg‘ir chuvalchanglarining agroekotizimlardagi ekologik ahamiyati, tur tarkibi, tarqalishi va bioekologik xususiyatlari bo‘yicha ilmiy adabiyotlar tahlil qilindi. Yomg‘ir chuvalchanglari tuproq faunasining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, organik qoldiqlarning parchalanishi, tuproqning strukturaviy holatini yaxshilash, aeratsiya va namlik rejimini tartibga solishda muhim rol o‘ynaydi. Adabiyotlar tahlili ushbu guruh vakillarining soni va biomassasi tuproq namligi, harorati, organik modda miqdori, pH, mexanik tarkibi hamda xo‘jalik faoliyati kabi ekologik omillarga bog‘liqligini ko‘rsatadi. Xorazm vohasi sharoitida sug‘oriladigan agroekotizimlarning tuproq sharoitlari yomg‘ir chuvalchanglari populyatsiyasining shakllanishida muhim omil bo‘lishi mumkin.
References
1.Edwards C.A., Bohlen P.J. Biology and Ecology of Earthworms. London: Chapman & Hall, 1996.
2.Lee K.E. Earthworms: Their Ecology and Relationships with Soils and Land Use. Academic Press, 1985.
3.Lavelle P., Spain A.V. Soil Ecology. Springer, 2001.
4.Blouin M., Hodson M.E., Delgado E.A., Baker G., Brussaard L., Butt K.R. A review of earthworm impact on soil function and ecosystem services. European Journal of Soil Science, 2013.
5.Bouché M.B. Lombriciens de France: Écologie et Systématique. Paris, 1972.