SURUNKALI INSOMNIYA RIVOJLANISHIDA IJTIMOIYPSIXOLOGIK VA BIOLOGIK OMILLARNING ROLI - COVID-19 PANDEMIYASI MISOLIDA VA UNING ERTA PSIXODIAGNOSTIKASI
Amirjanova Dildora
Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti Nevrologiya va tibbiy psixologiya kafedrasi tayanch doktoranti
Abstract
Butun dunyoda Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko’ra surunkali insomniya kasalligi zamonaviy tibbiyotning dolzarb muammosi sifatida saqlanib qolmoqda. Surunkali insomniya nafaqat uyqu bilan bog’liq muammolar, balki bu kasallikka bevosita bog’liq bo’lgan xavotir va depressiya darajasini ham oshirib yuboradi. Ayniqsa, insoniyat tarixida deyarli barcha davlatlarni qamrab olib millionlab oʻlim va nogironlikka sababchi boʻlgan COVID-19 pandemiyasi davrida surunkali uyqusizlik va boshqa bir qator ruhiy buzilishlar 2-3 barobarga oshib ketti. Surunkali insomniyaning tarqalish darajasi pandemiyaga bo’lgan davrda dunyo aholisining 10% dan 15% gacha bo‘lgan qismini o‘z ichiga olgan bo’lsa, pandemiyaning ilk oylarida bu raqam 17-33% ga yetdi. Bundan tashqari 2020- yilning o‘zida bu pandemiya dunyo aholisida og‘ir depressiv buzilishlar bilan kasallangan insonlar sonini 53.2 millionga, xavotirli buzilishlar bilan og’rigan bemorlar sonini esa 76.2 millionga oshirib yubordi. Bu esa o’z navbatida xavotir va depressiyaga bog’liq surunkali insomniya darajasini ham oshirib yuuborishi bilan xavflidir. Demak, yuqoridagi raqamlar va muammolarni inobatga olgan holda surunkali insomniya va unga yetaklovchi kasalliklarni erta aniqlash zamonaviy tibbiy psixologiyaning jahon miqyosidagi dolzarb masalasiga aylantiradi.
References
1. Альфонси В., Горгони М., Скарпелли С., Зиви П., Сдоя С., Мари Э., Фраскетти А., Ферлаццо Ф., Джаннини А.М., Де Дженнаро Л. Изоляция в связи с COVID-19 и плохое качество сна: еще не вся история. Журнал исследований сна. 2021 год: 10.1111/jsr.13368.
2. Скарпелли С., Альфонси В., Мангиаруга А., Мусетти А., Кватропани М.К., Лензо В., Фреда М.Ф., Леммо Д., Веньи Э., Борги Л., Сайта Э., Каттивелли Р., Кастельнуово Г., Плацци Г., Де Дженнаро Л., Франческини К. Пандемические кошмары: влияние на активность сновидений в условиях изоляции от COVID-19 в Италия. Журнал исследований сна. 2021 год: 10.1111/jsr.13300.
3. Джахрами Х., БаХаммам А.С., Брагацци Н.Л., Саиф З., Фарис М., Витиелло М.В. Проблемы со сном во время пандемии COVID-19 у населения: систематический обзор и метаанализ. Журнал клинической медицины сна. 2021;17(2):299–313. doi: 10.5664/jcsm.8930.
4. Fullana M.A., Hidalgo-Mazzei D., Vieta E., Radua J. Coping behaviors associated with decreased anxiety and depressive symptoms during the COVID-19 pandemic and lockdown. Journal of Affective Disorders. 2020;275:80–81. doi: 10.1016/j.jad.2020.06.027.
5. Gallotti R., Valle F., Castaldo N., Sacco P., De Domenico M. Assessing the risks of ‘infodemics’ in response to COVID-19 epidemics. Nature Human Behaviour. 2020;4(12):1285–1293. doi: 10.1038/s41562-020-00994-6.
6. Overland, S., Glozier, N., Sivertsen, B., Stewart, R., Neckelmann, D., Krokstad, S., & Mykletun, A. (2008). A comparison of insomnia and depression as predictors of disability pension: The HUNT Study. Sleep, 31(6), 875–880.