Kuzgi javdar (Secale cereale L.) donining oziqaviy qiymati va inson salomatligiga ta’siri
Ibadullayeva Maftuna Umirbek qizi
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti magistr talabasi
Keywords: Javdar doni, biologik faol moddalar, oziq tolalari, erimaydigan tolalar, metabolizm, yurak-qon tomir kasalliklari, glyukozani tartibga solish, vazn nazorati, ichak faoliyati, sog‘lom turmush tarzi, funksional oziq-ovqat, dietologiya
Abstract
Ushbu ishda javdar (Secale cereale L.) donining oziqaviy qiymati hamda uning inson salomatligiga ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqot davomida javdar tarkibidagi biologik faol moddalar, xususan, tolalar, ularning fizik-kimyoviy xususiyatlari va organizmga ta’siri tahlil qilingan. Javdar tolalarining suvni yuqori darajada ushlab turish xususiyati natijasida to‘yinganlik hissini oshirishi va vazn nazoratida muhim rol o‘ynashi aniqlangan. Tadqiqot natijalari javdar doni va undan tayyorlangan mahsulotlarning inson salomatligini mustahkamlashda muhim oziq manbai ekanligini ko‘rsatadi hamda ularni kundalik ratsionga keng joriy etish zarurligini ta’kidlaydi.
References
1. Maxramova M.Sh, O’roqulov S.X “ Oziq ovqat xavfsizligi: milliy va global muammolar” ilmiy jurnali. https://doi.org/10.59251/21813973.2023.v3.138.3.2661.
2. Grasten, S.M, Juntunen,K.S, Poutanen, K.S, Rye bread improves bowel function and decreases colon cancer risk markers. Journal of nutrition, 2000, 130 (9), 2215-2221 DOI: 10.1093/jn/130.9.2225
3. Hallmans,G., Zhang,J.X., Lundin,E., Rye,lignans and human health. Proceedings of the Nutrition Society, 2003, 62(1), 193-199. DOI: 10.1079/PNS2002229
4. Bilginçli,N., İbanoglu,Ş. Fonksiyonel gıda olarak çavdar ve saglık üzerine etkileri. Gıda Teknolijileri elektronik dergisi, 2007,2(2),045-52.