O‘ZBEKISTONDA KULOLCHILIK MAKTABLARINING IJTIMOIY-MADANIY RIVOJLANISHIDA “RISOLA”LARNING O‘RNI

Bobir Odilov

TDSHU dotsenti, PhD

Keywords: Kalit so‘zlar: Kulolchilik maktablari, risolalar, ustoz-shogird an’anasi, hunarmandchilik, kasbiy etika, ijtimoiy-madaniy institut, kasbiy legitimatsiya, madaniy identitet, an’anaviy hunar, ma’naviy qadriyatlar.


Abstract

Annotatsiya: Mazkur maqolada O‘zbekistonda shakllangan kulolchilik maktablarining ijtimoiy‑madaniy rivojlanishida hunarmandchilikka oid yozma manbalar — “risola”larning tutgan o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqotda kulolchilik maktablari faqat ishlab chiqarish texnologiyasi yoki estetik an’ana sifatida emas, balki ustoz–shogird tizimi, kasbiy ierarxiya, axloqiy me’yorlar va ma’naviy qadriyatlar bilan bog‘liq murakkab ijtimoiy institut sifatida ko‘rib chiqiladi. Risolalar hunarmandlar muhitida kasbiy bilimlarni uzatish, ustaxona ichidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish, kasbiy etikani mustahkamlash hamda kasbning muqaddasligini asoslashda muhim manba vazifasini bajargani ko‘rsatib beriladi. Maqolada risolalarning kasbiy legitimatsiya, axloqiy nazorat, ustoz roziligi, kasb pirlariga e’tiqod hamda hunarmandlik madaniyatining avloddan avlodga uzatilishidagi roli ochib beriladi. Shuningdek, risolalarning kulolchilik bezaklari, mahalliy uslublar va madaniy identitetni saqlashdagi ahamiyati ham yoritiladi. Zamonaviy davrda hunarmandchilikning turizm va madaniy merosni asrash jarayonlarida qayta qadrlanishi sharoitida risolalar ilmiy‑metodik manba sifatida muhim ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlanadi. Tadqiqot natijalari risolalar kulolchilikni oddiy hunar darajasidan ijtimoiy‑madaniy institut darajasiga ko‘targanini ko‘rsatadi.