MAKTAB MUHITIDA O'SMIRLAR XULQ-ATVORIDAGI OG'ISHLARNI OLDINI OLISHDA PSIXOLOGIK PROFILAKTIKANING AHAMIYATI

KURBANIYAZOVA NODIRA MAXMUDOVNA

Urganch davlar tibbiyot instituti O'zbek tili va adabiyoti, tillar kafedrasi o’qituvchisi, Urganch, O'zbekiston


Abstract

Maktab muhiti o'smirning shaxsiy rivojlanishi va ijtimoiylashuvi jarayonida muhim rol o'ynaydigan institutlardan biridir. O'quvchilar kunning katta qismini maktabda o'tkazadilar va bu yerda nafaqat bilim olish, balki ijtimoiy ko'nikmalarni egallash, tengdoshlar bilan munosabatlar o'rnatish va o'z shaxsiyatini shakllantirish jarayonlari sodir bo'ladi. Shu sababli, maktab muhiti o'smirlar xulq-atvoridagi og'ishlarni oldini olish uchun eng maqbul va samarali maydon hisoblanadi. Psixologik profilaktika esa ushbu muhitda amalga oshiriladigan tizimli va ilmiy asoslangan tadbirlar majmuasi sifatida ta'riflanishi mumkin.