Psixologik salomatlik inson hayot sifatini belgilovchi muhim mezon sifatida

Qalandarova Yulduz Bahramovna


Abstract

Bugungi tezkor va murakkab ijtimoiy hayot sharoitida inson salomatligi masalasi, ayniqsa uning psixologik jihati alohida ahamiyat kasb etmoqda. Psixologik salomatlik insonning nafaqat ruhiy holatini, balki uning hayotdan qoniqish darajasini, ijtimoiy faolligini va shaxsiy rivojlanishini belgilovchi muhim mezon hisoblanadi. Shaxsning psixologik jihatdan sog‘lom bo‘lishi uning hayot sifati yuqori bo‘lishining asosiy shartlaridan biridir.

Psixologik salomatlik shaxsning emotsional barqarorligi, stressga chidamliligi, o‘zini anglash darajasi, atrof-muhit bilan uyg‘un munosabatda bo‘la olish qobiliyati bilan tavsiflanadi. U faqat ruhiy kasalliklarning yo‘qligi bilan emas, balki shaxsning ijobiy fikrlashi, hayotiy maqsadlarga ega bo‘lishi va o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi bilan belgilanadi.


References

1. Keyes C. L. M. The mental health continuum: From languishing to flourishing. Journal of Health and Social Behavior, 2002, 43(2), pp. 207–222.

2. Burns D. D. Feeling good: The new mood therapy. – New York: HarperCollins, 1980.

3. Karimova V. M. Psixologiya: Nazariya va amaliyot. Toshkent: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2019.

4. G‘oziyev, E. G‘. Umumiy psixologiya. Toshkent: O‘qituvchi, 2018.

5. Jabborov X. A. Shaxs psixologik salomatligini ta’minlashning ijtimoiy-psixologik omillari. Pedagogik mahorat, 2020, 4, 45–50-betlar.

6. Ismoilova D. S. Talabalarda stressga chidamlilikni rivojlantirish masalalari. Ta’lim va innovatsiya, 2021, 2, 62–66-betlar.

7. Xudoyberganova M. R. Psixologik salomatlik va shaxsiy farovonlik o‘zaro bog‘liqligi. Psixologiya va jamiyat, 2022, 1, 28–33-betlar.