MAQSADLI GENLARNI PICHIA PASTORIS ACHITQI HUJAYRAGA KIRITISH UCHUN ELEKTROKOMPETENT HUJAYRA TAYYORLASH

M.R. Jumamurodova

O‘zbekiston Milliy universiteti, 100174, Toshkent, O‘zbekiston.

О.N. Ashirоv

S.Yu. Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi instituti, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi 77, 100170, Toshkent, O‘zbekiston.

T.X. Sadullayev

S.Yu. Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi instituti, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi 77, 100170, Toshkent, O‘zbekiston.

A. M. Yarilkaganova

S.Yu. Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi instituti, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi 77, 100170, Toshkent, O‘zbekiston.

Sh.S. Azimоva

S.Yu. Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi instituti, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi 77, 100170, Toshkent, O‘zbekiston.


Abstract

Zamonaviy biotexnologiyada maqsadli genlarni mikroorganizmlarga kiritish jarayoni gen muhandisligining asosiy bosqichlaridan biridir. Buning uchun hujayralar begona DNKni o‘z ichiga qabul qila oladigan holatga, ya’ni kompetent holatga keltiriladi. Kompetent hujayralar tayyorlash usullari mikroorganizmlarning tabiiy yoki sun’iy genetik transformatsiyasini amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega. Oddiy holatda bakteriya yoki boshqa hujayralar tashqi DNKni ichkariga o‘tkaza olmaydi, chunki ularning hujayra devori va membranasi himoya vazifasini bajaradi. Shuning uchun laboratoriyada hujayrani “kompetent”, ya’ni DNKni o‘tkaza oladigan holatga keltirish kerak bo‘ladi. Kompetent hujayra — bu gen muhandisligida ishlatiladigan maxsus tayyorlangan hujayra bo‘lib, unga maqsadli gen yoki plazmid DNK kiritish (transformatsiya qilish) mumkin. Genetik muhandislik va biotexnologiya sohasida olib borilgan ilmiy tadqiqotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, Pichia pastoris achitqi hujayrasi zamonaviy ekspression tizim sifatida ilm-fan va sanoatda keng qo‘llanilmoqda. Tadqiqotlarda ushbu mikroorganizmdan oqsil sintezida, ayniqsa, rekombinant oqsillarni ishlab chiqishda samarali platforma sifatida foydalanish imkoniyatlari keng yoritilgan [1]. Ba’zi manbalarda Pichia pastoris ning genetik tuzilmasi, uning oson boshqariladigan promotor tizimlari va yuqori darajadagi ekspressiya qobiliyati tahlil qilingan [2]. Shuningdek, tadqiqotchilar maqsadli genlarni ushbu hujayraga kiritish jarayonining bosqichlarini, xususan, vektorlar konstruktsiyasi, transformatsiya metodlari va rekombinant klonlarni tanlab olish mexanizmlarini ilmiy jihatdan asoslab berganlar [3].


References

1. Cregg, J. M., Barringer, K. J., Hessler, A. Y., & Madden, K. R. (1985). Pichia pastoris as a host system for transformations. Molecular and Cellular Biology, 5(12), 3376–3385.

2. Macauley-Patrick, S., Fazenda, M. L., McNeil, B., & Harvey, L. M. (2005). Heterologous protein production using the Pichia pastoris expression system. Yeast, 22(4), 249–270.

3. Ahmad, M., Hirz, M., Pichler, H., & Schwab, H. (2014). Protein expression in Pichia pastoris: Recent achievements and perspectives for heterologous protein production. Applied Microbiology and Biotechnology, 98(12), 5301–5317.