“Sariq devni minib” romanining bolalar ruhiyatiga ta’siri va pedagogik-tarbiyaviy jihatlari
Salomat Raximboyeva
Abstract
XX asr o‘zbek bolalar adabiyotining eng yorqin namoyandalaridan biri Xudoyberdi To‘xtaboyev bo‘lib, uning asarlari nafaqat badiiy mahorati, balki pedagogik mazmuni, ruhiy tarbiya va axloqiy qadriyatlarni singdirishdagi samaradorligi bilan ajralib turadi. “Sariq devni minib” romani bolalar tafakkurida voqelikni idrok etish, ezgulik va yovuzlikni farqlash, mustaqil fikrlashga o‘rgatish nuqtayi nazaridan alohida ahamiyat kasb etadi