SHE’RIYATDAGI LEKSEMALARNING O‘RGANILISHI
Diyora Begjigitova
Guliston Davlat universiteti magistranti
Keywords: poetika, lingvopoetika, badiiy matn, tilshunoslik, adabiyotshunoslik, estetik ta’sir, badiiy til, stilistika, poetik leksika, lingvistik tahlil.
Abstract
Mazkur maqolada badiiy asarning adabiyotshunoslik va tilshunoslik nuqtai nazaridan o‘rganilishining ilmiy ahamiyati tahlil etiladi. Tadqiqotda poetika tushunchasining tarixiy shakllanish jarayoni, uning mazmun-mohiyati hamda lingvopoetika bilan o‘zaro aloqadorlik jihatlari ilmiy asosda yoritilgan. Maqolada turli adabiyotshunoslik maktablarida poetika masalasining tadqiq etilishi, bu boradagi nazariy yondashuvlar hamda poetikaning lingvistik asoslari keng yoritiladi. Lingvopoetika tushunchasi badiiy matn tilining estetik, emotsional va ekspressiv xususiyatlarini o‘rganadigan muhim ilmiy yo‘nalish sifatida talqin qilinadi. Unda fonologik, morfologik, sintaktik va semantik darajadagi poetik birliklarning o‘zaro uyg‘unligi tahlil etilgan. Shuningdek, o‘zbek tilshunosligida lingvopoetika yo‘nalishida olib borilgan tadqiqotlar umumiy tarzda tahlil qilinib, badiiy til, stilistika va poetik leksika sohasidagi ilmiy yondashuvlar baholangan. Xulosa sifatida maqolada badiiy matn poetikasini lingvistik yondashuv asosida tahlil etish badiiy asarning estetik ta’sirini chuqur anglashga, muallifning individual uslubini ochishga xizmat qilishi ta’kidlanadi. Mazkur yondashuv poetika va tilshunoslik fanlari chorrahasida shakllangan dolzarb ilmiy yo‘nalish sifatida e’tirof etiladi.
References
1. Йўлдошев М. Бадиий матн ва унинг лингвопоэтик таҳлили асослари. – Тошкент: Фан, 2007. – Б. 47
2. Йўлдошев М. Бадиий матн лингвопоэтикаси. – Тошкент: Фан, 2008.
3. Йўлдошев М., в.б. Бадиий матннинг лисоний таҳлили. –Тошкент, 2010. – Б. 27
4. Йўлдошев М., в.б. Бадиий матннинг лисоний таҳлили. – Тошкент: Алишер Навоий номидаги Ўзбекистон Миллий кутубхонаси, 2010. – Б. 23. (112)
5. Каримов С. Ўзбек тили функционал стилистикаси. – Самарқанд: СамДУ, 2010. – 192 б.
6. Каримов С. Ўзбек тилининг бадиий услуби. – Самарқанд: СамДУ, 1992. – 293 б.