YENGIL DEPRESSIYADA DORI VA PSIXOTERAPIYA KOMBINATSIYASINING SAMARADORLIGI
Shohida Tursunbayeva
Alfraganus universiteti Tibbiyot fakulteti 5-bosqich talabasi
Keywords: yengil depressiya, psixoterapiya, farmakoterapiya, kombinatsiyalangan davolash, serotonin, ruhiy salomatlik, kognitiv-behavioral terapiya, antidepressantlar, motivatsion suhbat, interpersonallar terapiya.
Abstract
Ushbu ilmiy maqolada yengil depressiyani davolashda dori vositalari va psixoterapiya usullarining kombinatsiyasidan foydalanish samaradorligi keng tahlil qilinadi. Depressiyaning yengil shakli ko‘pincha insonning hayot sifati, ijtimoiy faoliyati va psixologik holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Maqolada farmakoterapiya (antidepressantlar, selektiv serotonin qayta qabul qilinishining inhibitorlari va boshqa vositalar) hamda psixoterapiya (kognitiv-xulqiy terapiya, interpersonallar terapiya, motivatsion suhbat)ning o‘zaro uyg‘unlashuvi bemor ruhiy holatini yaxshilashda qanday rol o‘ynashi tahlil qilinadi. Shuningdek, dori va psixoterapiya kombinatsiyasining afzalliklari, mumkin bo‘lgan cheklovlari va individual yondashuvning ahamiyati muhokama qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, yengil depressiyada faqat dori yoki faqat psixoterapiyani qo‘llashdan ko‘ra, ularning kompleks qo‘llanilishi samaradorlikni sezilarli darajada oshiradi, relaps (kasallik qaytalanishi) ehtimolini kamaytiradi va bemorning ijtimoiy reabilitatsiyasini tezlashtiradi.
References
1. World Health Organization. (2023). Depression: Key facts. Geneva: WHO.
2. Qodirova, D. N. (2021). Depressiv buzilishlarda psixoterapiya va farmakoterapiya uyg‘unligi. O‘zbekiston Tibbiyot Jurnali, 3(5), 45–50.
3. Ismoilov, A. (2020). Yengil depressiyaning klinik xususiyatlari va davolash usullari. Psixiatriya va Psixologiya Tadqiqotlari, 2(4), 88–94.
