GERMINATIV MARKAZLARDA KI-67 POZITIV HUJAYRALAR PROLIFERATIV FAOLLIGINING EKSPERIMENTAL INGALYATSION TAʼSIRDA SUSAYISHI

Fayzieva Nozima Gulom qizi

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, Buxoro, Oʻzbekiston


Abstract

Ki-67 hujayra siklining barcha faol fazalarida (G₁, S, G₂ va M) ekspressiyalanuvchi yadroviy marker boʻlib, toʻqimadagi proliferativ faollikning ishonchli koʻrsatkichi hisoblanadi. Limfa tugunlarining germinativ markazlarida bu marker B-limfotsitlar proliferatsiyasi darajasini aks ettiradi. Havo ifloslanishi va tamaki tutunining birgalikdagi surunkali taʼsirida germinativ markazlar proliferativ salohiyatining oʻzgarishi, ayniqsa yoshga bogʻliq dinamikasi, immunopatologik jihatdan muhim boʻlsa-da, yetarlicha oʻrganilmagan. Ushbu tezisda Ki-67 ekspressiyasi raqamli tahlil va IRS yarim miqdoriy tizim asosida baholanadi.


References

1. Gerdes J., Lemke H., Baisch H., et al. Cell-cycle analysis of a proliferation-associated human nuclear antigen defined by the monoclonal antibody Ki-67. J Immunol. 1984;133(4):1710–1715.

2. Hashmi A.A., Iftikhar S.N., Nargus G., et al. Ki-67 proliferation index in germinal and non-germinal subtypes of DLBCL. Cureus. 2021;13(2):e13120.

3. Remmele W., Stegner H.E. Recommendation for uniform definition of an immunoreactive score (IRS). Pathologe. 1987;8(3):138–140.

4. Zhao J., et al. Fine particulate matter manipulates immune response in the respiratory tract. Eur Respir Rev. 2024;33(173):230259.