Ma’muriy sud ishlarida jamoat birlashmalari va nodavlat notijorat tashkilotlarining ishtiroki masalalari

Guljahon Madrahimova

Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil tadqiqotchisi

Keywords: ma’muriy sudlar, jamoat birlashmalari, nodavlat notijorat tashkilotlar, da’vogar huquqlari, fuqarolik jamiyati, sud nazorati, konstitutsiyaviy huquqlar


Abstract

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy sud ishlarini yuritishda jamoat birlashmalari va nodavlat notijorat tashkilotlarning (NNT) ishtiroki tahlil qilinadi. Konstitutsiya va Ma’muriy sud ishlarini yuritish kodeksi asosida NNT hamda jamoat birlashmalariga da’vogar, uchinchi shaxs yoki vakil sifatida sud jarayonida qatnashish huquqi berilganligi ko‘rsatiladi. Shuningdek, Rossiya va Qozog‘iston tajribasi qiyosiy tahlil qilinib, ularda jamoat birlashmalari huquqlarining huquqiy jihatdan yanada kengroq mustahkamlanganligi yoritiladi. Shuningdek, jamoat birlashmalari va NNTlarning ma’muriy sud ishlaridagi faol ishtiroki davlat va jamiyat o‘rtasidagi mas’uliyatni kuchaytirib, huquqiy davlat tamoyillarini mustahkamlashda, fuqarolarning sud tizimiga bo‘lgan ishonchini oshirishda va demokratik islohotlarni chuqurlashtirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.


References

1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 2023. 44-modda. https://lex.uz/docs/-6445145

2. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksi. 2018. https://lex.uz/docs/-3527353

3. Saidov A.X., Huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati asoslari, Toshkent, 2020, 115-bet

4. Российская федерация федеральный закон кодекс. 2015. https://www.consultant.ru/document/cons_doc_LAW_176147/

5. Administrative Procedural Procedure Code of The Republic of Kazakhstan. 2020. https://cis-legislation.com/document.fwx?rgn=125733

6. Гуреева В.А., «Административное судопроизводство в России», Москва, 2018, с-122.

7. Административный Процедурно-Процессуальный Кодекс Республики Казахстан. 2020. https://zakon.uchet.kz/rus/docs/K2000000350