“Ikkinchi jahon urushi yillarida Buxoro Davlat Universiteti faoliyati.”

Qilich Sirojov

BDU, Mustaqil izlanuvchi

Keywords: Ikkinchi jahon urushi, front,qahramon,fashizm, Buxoro Davlat Universiteti, Buxoro mehnatkashlari, ilmiy, madaniy,mahalliy sanoat, o‘qituvchilar ,fan,kimyo sanoati,qurol-yaroqyaroq sanoati,kimyo sanoati,harbiy bo'linmalar, orden va medallar.


Abstract

Ikkinchi jahon urushi insoniyat tarixidagi eng qonli va og‘ir urushlardan biri bo‘lib, 1939–1945 yillar oralig‘ini qamrab oladi. Bu urushga 1941-yil 22-iyundan boshlab Sovet Ittifoqi ham jalb qilindi va mamlakatda har bir soha, jumladan, ta’lim tizimi ham keskin o‘zgarishlarga uchradi. Urush sharoitida mamlakatning ilmiy, madaniy va ma’rifiy muassasalari front ehtiyojlariga moslashtirildi. O‘zbekistonda joylashgan oliy o‘quv yurtlari, jumladan, hozirgi Buxoro Davlat Universiteti (o‘sha paytda Buxoro O‘qituvchilar Instituti) ham og‘ir sinovlardan o‘tdi. Urush yillarida institutning faoliyati to‘xtab qolmagan, aksincha, yanada mas’uliyatli va fidokorona mehnat bilan davom ettirilgan. 1941-yilda urush boshlangach, institut hayotida sezilarli o‘zgarishlar ro‘y berdi. Ko‘plab o‘qituvchilar, xodimlar va talabalar frontga jo‘nab ketishga majbur bo‘ldilar. Kadrlar sonining keskin kamayishi institut faoliyatini murakkablashtirdi. Biroq institut rahbariyati, qolgan o‘qituvchilar va talabalar ushbu og‘ir sharoitlarda ham o‘z burchlariga sodiq qolib, ta’lim jarayonini to‘xtatmadilar. Ushbu davrda institutda o‘quv yuklamalari kamaytirildi, ba’zi fanlar birlashtirildi yoki qisqartirildi. Kadrlar tanqisligini qoplash maqsadida yosh mutaxassislar jalb qilindi. O‘qituvchilar ko‘pincha o‘z mutaxassisliklariga to‘g‘ri kelmaydigan fanlardan ham dars o‘tishga majbur bo‘ldilar. Shunga qaramay, ta’lim sifati va talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash birinchi o‘ringa qo‘yildi.


References

1. Mirziyoyev SH.M. Milliy taraqqiyot yo’limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko’taramiz.1-jild .T; O’zbekiston,2018.396 b.

2. Buxoro viloyat davlat arxivi,1157f. 1-ro’yxat.

3. “Sovet jangchisi” front gazetasi.1944 yil 10 mart.

4. “Pravda Vostoka” ,14 noyabr 1943 yil.

5. O’zbekiston SSR tarixi,T;Fan,1975,300-480 betlar.