BIRLAMCHI GIPOTIREOZ BILAN OG‘RIGAN BEMORLARDA BOSH MIYANING FUNKSIONAL HOLATI XUSUSIYATLARI

Baxadirova M.A., Artikov N.K., Abdujamilova R.M.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi

Keywords: birlamchi gipotireoz, bosh miya funksional holati, elektroensefalografiya, EEG, alfa-ritm, bioelektrik faollik, kognitiv buzilishlar, nevrologik asoratlar, metabolik ensefalopatiya, Orolbo‘yi hududi.


Abstract

Birlamchi gipotireoz markaziy asab tizimining funksional holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, kognitiv, emotsional-affektiv va neyrofiziologik o‘zgarishlar bilan namoyon bo‘lishi mumkin. Ushbu tadqiqotda birlamchi gipotireoz bilan og‘rigan bemorlarda, ayniqsa ekologik jihatdan noqulay Orolbo‘yi hududida yashovchi bemorlarda bosh miyaning funksional holati xususiyatlari o‘rganildi. Tadqiqot 2023–2025-yillarda Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bazasida o‘tkazildi. Tadqiqotga jami 143 nafar tekshiriluvchi jalb qilinib, ular to‘rt guruhga ajratildi: Orolbo‘yi hududida yashovchi nevrologik asoratlari mavjud birlamchi gipotireozli bemorlar, nevrologik asoratlarsiz birlamchi gipotireozli bemorlar, ekologik jihatdan noqulay hududlardan tashqarida yashovchi birlamchi gipotireozli bemorlar hamda amaliy sog‘lom nazorat guruhi. Barcha tekshiriluvchilarda klinik-nevrologik tekshiruv, tireoid holatini baholash, MoCA, MMSE va HADS testlari, elektroensefalografiya hamda bosh miya magnit-rezonans tomografiyasi o‘tkazildi.

Tadqiqot natijalari birlamchi gipotireozli bemorlarda bosh miyaning bioelektrik faolligida funksional o‘zgarishlar mavjudligini ko‘rsatdi. Eng yaqqol o‘zgarishlar Orolbo‘yi hududida yashovchi va nevrologik asoratlari mavjud bemorlarda kuzatildi. Ushbu guruhda alfa-ritmning dominant chastotasi va indeksi pasaygan, diffuz sekinlashuv, paroksizmal faollik va yarimsharlararo asimmetriya esa boshqa guruhlarga nisbatan ko‘proq aniqlangan. EEG natijalariga ko‘ra, funksional-metabolik serebral disfunksiya yoki ensefalopatiya belgilari ham asosan birinchi guruh bemorlarida ko‘proq qayd etildi. Olingan ma’lumotlar birlamchi gipotireoz, ayniqsa uning asoratlangan kechishi va ekologik noqulay sharoitlar markaziy asab tizimida funksional buzilishlarning kuchayishiga olib kelishi mumkinligini ko‘rsatadi. Shu sababli kognitiv buzilishlar, kuchli asteniya, emotsional-affektiv buzilishlar yoki metabolik ensefalopatiyaga shubha mavjud bo‘lgan bemorlarda EEG tekshiruvini kompleks diagnostika algoritmiga kiritish maqsadga muvofiqdir.


References

1. Chaker L., Peeters R.P., Bianco A.C., Jonklaas J. Hypothyroidism // The Lancet. – 2017. – Vol. 390, № 10101. – P. 1550–1562.

2. Samuels M.H. Cognitive function in untreated hypothyroidism and hyperthyroidism // Current Opinion in Endocrinology, Diabetes and Obesity. – 2014. – Vol. 21, № 5. – P. 377–383.

3. Taylor P.N., Albrecht D., Scholz A., et al. Global epidemiology of hyperthyroidism and hypothyroidism // Nature Reviews Endocrinology. – 2023. – Vol. 19, № 5. – P. 301–316.