MAKULYAR SHISHNING TURli GENEZLARIDA DAVOLASH USULINI TANLASH VA QIYOSIY BAHOLASH (ADABIYOTLAR SHARHI)

Ikramov A.F

Andijon davlat tibbiyot instituti

Madrakhimova Z.U

Andijon davlat tibbiyot instituti

Hakimova Z.K.

Andijon davlat tibbiyot instituti


Abstract

Makulyar shish (MS) markaziy koʻrishning pasayishi va mehnatga layoqatli yoshdagi bemorlar nogironligining asosiy sabablaridan biridir. Ayniqsa, bu muammo toʻr pardasi venalari okklyuziyasi (TVO), diabetik retinopatiya va boshqa tomir kasalliklarida muhim ahamiyat kasb etadi. Oʻzbekiston Respublikasi sharoitida muammoning dolzarbligi surunkali noinfeksion kasalliklar sonining ortishi, yuqori texnologiyali diagnostika va davolash usullarining yetarli darajada mavjud emasligi hamda hududiy xususiyatlar, xususan Andijon viloyatida yanada ortib bormoqda.