Globallashuv sharoitida an’anaviy hunarmandchilik va tarixiy merosni saqlash muammolari
Bobir Odilov
TDSHU dotsenti, PhD
Keywords: globallashuv, an’anaviy hunarmandchilik, kulolchilik, madaniy meros, nomoddiy madaniy meros, sirlash texnologiyasi, kulolchilik, maktablari, ustoz–shogird tizimi, koshinchilik, etnoturizm, raqamli hujjatlashtirish, 3D modellashtirish, tarixiy rekonstruksiya, madaniy qadriyatlar.
Abstract
Mazkur maqolada globallashuv jarayonlari sharoitida an’anaviy hunarmandchilik, xususan kulolchilik sohasida yuzaga kelayotgan muammolar, tarixiy merosni saqlash va rivojlantirish zarurati ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Kulolchilikning qadimiy taraqqiyot bosqichlari, sirlash texnologiyasining shakllanishi, hududiy maktablar rivoji hamda ustoz–shogird tizimining nomoddiy madaniy meros sifatidagi o‘rni yoritiladi. Shuningdek, an’anaviy ishlab chiqarish tajribalarini zamonaviy sharoitda saqlash, etnoturizmni rivojlantirish, hamda kulolchilik namunalarini raqamli texnologiyalar, jumladan 3D modellashtirish orqali hujjatlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Maqolada milliy madaniy merosni asrash va uni zamonaviy ta’lim hamda madaniy jarayonlarga integratsiya qilish dolzarb vazifa sifatida asoslab beriladi.