MUDDATDAN OLDIN TUG‘ILGAN CHAQALOQLARDA NEONATAL SEPSIS RIVOJLANISHINING ASOSIY XAVF OMILLARI
Bahronova Dilshoda Tohirovna
Samarqand davlat tibbiyot universiteti 1-Pediatriya va neonatologiya kafedrasi 1-kurs magistratura rezidenti
Abstract
Muddatdan oldin tug‘ilgan chaqaloqlar — neonatal davrda eng yuqori xavf guruhini tashkil etadi. Ularning immun tizimi yetilmagan, teri va shilliq qavatlari himoya funksiyasini to‘liq bajara olmaydi. Shu bois, muddatdan oldin tug‘ilgan chaqaloqlarda neonatal sepsis rivojlanish ehtimoli to‘liq muddatda tug‘ilgan chaqaloqlarga qaraganda ancha yuqori. Neonatal sepsis esa o‘lim va uzoq muddatli asoratlar bilan kechadigan murakkab klinik holat sifatida pediatriyada dolzarbligini saqlab qolmoqda.