O'SMIRLAR XULQ-ATVORIDA ME'YOR BUZILISHLARIGA OLIB KELUVCHI PSIXOLOGIK OMILLARNI ILMIY TADQIQ ETISH MASALALARI

KURBANIYAZOVA NODIRA MAXMUDOVNA

Urganch davlar tibbiyot instituti O'zbek tili va adabiyoti, tillar kafedrasi o’qituvchisi, Urganch, O'zbekiston


Abstract

O'smirlik davri shaxs rivojlanishining eng muhim va shu bilan birga eng ziddiyatli bosqichlaridan biri hisoblanadi. Ushbu davrda kuzatiladigan intensiv biologik, psixologik va ijtimoiy o'zgarishlar o'smirning shaxsiy identifikatsiyasi, ijtimoiy rollarni o'zlashtirishi va mustaqil hayot uchun zarur ko'nikmalarni shakllantirishiga katta ta'sir ko'rsatadi. Biroq, ayni shu o'zgarishlar jarayonida xulq-atvorda turli og'ishlar va me'yor buzilishlari paydo bo'lish xavfi ham yuqori bo'ladi. Zamonaviy psixologik tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, o'smirlar orasida emotsional-xulqiy muammolar va me'yor buzilishlari keng tarqalgan bo'lib, bu nafaqat shaxsiy, balki ijtimoiy muammo sifatida e'tirof etilmoqda.