YOSHLARNI VIRTUAL OLAMGA QIZIQISHLARINING IJTIMOIY -PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Nurjonova Shoira Hamdamovna

Urganch Davlat Universiteti Sport pedagogikasi va psixologiya yo‘nalishi talabasi 251-guruh talabasi


Abstract

Bugungi kunda raqamli texnologiyalar rivoji yoshlar hayotiga chuqur kirib bormoqda va virtual olam ularning ijtimoiy tajribasi, ruhiy holati hamda shaxsiy rivojlanishida muhim omilga aylanmoqda. Yoshlar ijtimoiy tarmoqlar, onlayn o‘yinlar va mobil ilovalar orqali do‘stlar topish, o‘zini ifodalash, ma’lumot olish va ko‘ngil ochish ehtiyojlarini qondirmoqdalar. Bu jarayon identitet shakllanishi va shaxslararo munosabatlarning rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, virtual muhit yoshlarning psixologik holatiga ikki tomonlama ta’sir ko‘rsatadi. Ijobiy tomondan, ularning kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantiradi, ijodiy fikrlash imkoniyatini oshiradi va global axborot maydoniga kirish imkonini beradi. [1,B.48]Biroq salbiy ta’sirlari ham mavjud: vaqtni boshqara olmaslik, onlayn qaramlik, real muloqotning kamayishi, emotsional beqarorlik va ijtimoiy taqqoslash tufayli ruhiy bosim kuchayishi mumkin.Shuning uchun yoshlar o‘rtasida media savodxonlikni rivojlantirish, virtual muhitdan oqilona foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish hamda sog‘lom psixologik muhit yaratish dolzarb vazifalardan biridir. Virtual olamdan to‘g‘ri foydalanish nafaqat yoshlarning rivojlanishiga yordam beradi, balki ularning ijtimoiy barqarorligini mustahkamlashga xizmat qiladi.Raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi natijasida virtual olam yoshlar uchun nafaqat muloqot maydoni, balki ta’lim, kasbiy rivojlanish, o‘zini anglash va ijtimoiy faollik platformasiga aylandi. Ayniqsa, sport pedagogikasi va psixologiya yo‘nalishidagi yoshlar uchun virtual makondagi ma’lumotlar, o‘quv dasturlari va onlayn mashg‘ulotlar ularga qo‘shimcha imkoniyat yaratmoqda.Psixologik nuqtai nazardan, o‘smirlar virtual makonda o‘z shaxsiy fazilatlarini sinab ko‘rish, o‘z qobiliyatlarini namoyon etish va o‘ziga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga intiladilar.Biroq bu jarayon nazorat qilinmasa, ularning psixik rivojlanishida muayyan xatarlar kuzatilishi mumkin.[2,B.45-48] Masalan:


References

1.Abdullayeva.S “Yoshlar va virtual olam”.B[48]

2.Psixologiya jurnali ,2021,45-48-betlar

3. “Yoshlar va internet”.www.example.uz,2023

4.www.wikipedia.org.

5.Valkenbur.,P.M ,& Peter.J(2009)