Buxoro shahridagi muzeylar tarixi
Nurulloyev Shahriyor Shavkatovich
Buxoro davlat pedagogika instituti Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti 1-tar 23-guruh talabasi
Keywords: Kalit so’zlar: Buxoro, muzeylar tarixi, o‘lkashunoslik muzeyi, Tarixiy-arxitektura muzey-qo‘riqxonasi, Fayzulla Xo‘jayev uy-muzeyi, arxeologik topilmalar, xalq hunarmandchiligi, tarixiy obidalar, UNESCO, madaniy meros, ilmiy-tadqiqot, turizm, tarixiy xotira.
Abstract
Annotatsiya: Ushbu maqola Buxoro shahridagi muzeylar tarixining shakllanishi, rivojlanish bosqichlari va ularning ilmiy-madaniy ahamiyatini tahlil qiladi. Buxoro – ko‘p asrlik tarixga ega bo‘lgan shahar sifatida, o‘zining boy moddiy va ma’naviy merosini muzeylar orqali asrab kelmoqda. Maqolada dastlabki muzey faoliyati 1922-yilda Buxoro Davlat muzeyi tashkil topishi bilan boshlanganligi, keyinchalik 1945-yilda u viloyat o‘lkashunoslik muzeyiga aylangani va mustaqillikdan so‘ng Buxoro Tarixiy-arxitektura muzey-qo‘riqxonasi sifatida rivojlangani yoritilgan. Muzeylar tarkibiga tarixiy obidalar, nodir eksponatlar, qadimiy hunarmandchilik buyumlari, arxeologik topilmalar, qo‘lyozmalar va tarixiy shaxslar bilan bog‘liq hujjatlar kiradi. Shuningdek, maqolada Fayzulla Xo‘jayev uy-muzeyi, Xunarmandlar markazi muzeyi kabi maxsus ekspozitsiyalar to‘g‘risida ma’lumot berilgan. Muzeylarning ilmiy-tadqiqot, tarbiyaviy, turizm va xalqaro hamkorlikdagi o‘rni ochib berilgan. UNESCO tomonidan Buxoroning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilishi muzeylarning xalqaro nufuzini oshirishga xizmat qilgan. Mualliflar va tadqiqotchilar fikrlari asosida muzeylarning tarixiy xotirani tiklashdagi roli asosli ravishda tahlil qilinadi.
References
1. Jo‘rayev A. Buxoro: tarix va madaniyat manbalari. – Toshkent: Fan, 2004.
2. Alimova D. Milliy uyg‘onish va muzeylar tizimi: tarixiy tahlil. – Toshkent: Sharq, 2010.
3. Xayrullayeva G. Buxoro Tarixiy-arxitektura muzey-qo‘riqxonasi: kecha va bugun. – Buxoro: Imkon, 2018.
4. Raximov M. O‘zbekiston muzeylari va madaniy merosni saqlash masalalari. – Samarqand: Istiqlol, 2015.
5. UNESCO World Heritage Centre. Historic Centre of Bukhara. – Paris: UNESCO, 1993.
6. Tursunov R. Buxoroning moddiy va nomoddiy madaniyati. – Toshkent: Ma’naviyat, 2007.
7. Usmonov Z. Muzeyshunoslik asoslari. – Toshkent: Universitet, 2020.
8. Ziyo H. Sharq madaniy merosi va tarixiy yodgorliklar. – Buxoro: BuxDU nashriyoti, 2019.