ILMIY TADQIQOT METADOLOGIYASI

Shovdirov Sunnat Aslanovich

Keywords: Ilmiy tadqiqot metodologiyasi, tasviriy san’at tadqiqotlari, san’atshunoslik metodlari, badiiy tahlil, ikonografik va ikonologik tahlil, fanlararo yondashuv, vizual tahlil, statistik tahlil, manbashunoslik, ilmiy fikrlash, ijodiy tafakkur, ilmiy etika, plagiat muammosi, magistrlik dissertatsiyasi, ilmiy tadqiqot kompetensiyalari, xalqaro ilmiy maydon, ilmiy natijalarni taqdim etish.


Abstract

Mazkur «Ilmiy tadqiqot metodologiyasi» darsligi oliy ta’lim tizimida, xususan 70110501 – Tasviriy san’at magistratura mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olayotgan magistrantlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, tasviriy san’at sohasida ilmiy-tadqiqot olib borishning nazariy, metodologik va amaliy asoslarini kompleks ravishda yoritishga qaratilgan. Darslikning asosiy maqsadi – magistrantlarda ilmiy fikrlash madaniyatini shakllantirish, badiiy ijod va ilmiy-tadqiqot o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni ochib berish hamda tasviriy san’at sohasida metodologik jihatdan puxta tayyorlangan mutaxassislarni tayyorlashdan iborat.

Hozirgi globallashuv va ilm-fan integratsiyasi sharoitida tasviriy san’at tadqiqotlari faqat estetik tahlil bilan cheklanib qolmasdan, falsafiy, pedagogik, psixologik, madaniy va statistik yondashuvlar asosida olib borilishini talab etadi. Shu nuqtai nazardan, mazkur darslik tasviriy san’at tadqiqotlarida metodologiyani subyektiv baholashdan xoli, dalillarga tayangan, tizimli ilmiy bilish vositasi sifatida talqin qiladi. Metodologiya badiiy asarni tahlil qilish, tadqiqot mavzusini tanlash, manbalarni saralash, tadqiqot metodlarini belgilash, natijalarni tahlil qilish va ilmiy xulosalar chiqarish jarayonlarini yagona mantiqiy tizimga birlashtiruvchi “ilmiy yo‘l xaritasi” sifatida ochib beriladi.
Darslik tuzilishi to‘rt bobdan iborat bo‘lib, har bir bob tasviriy san’at sohasida ilmiy-tadqiqot olib borishning muayyan bosqichlari va yo‘nalishlarini qamrab oladi. Birinchi bobda ilmiy-tadqiqot metodologiyasining falsafiy va umumilmiy asoslari, ikkinchi bobda tasviriy san’at ta’limi va tadqiqotlarida metodologik yondashuvlarning pedagogik jihatlari, uchinchi bobda tadqiqot natijalarini tahlil qilish, baholash va ilmiy muomalaga kiritish masalalari yoritilgan. To‘rtinchi bob esa to‘liq seminar mashg‘ulotlariga mo‘ljallangan bo‘lib, unda magistrantlarning mustaqil fikrlashi, ilmiy bahs-munozara olib borishi, amaliy tadqiqot ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan mashqlar, topshiriqlar va metodik ko‘rsatmalar berilgan.
Darslikning muhim jihati shundaki, u tasviriy san’at asarlarini ilmiy tahlil qilishda ikonografik va ikonologik tahlil, fanlararo (interdissiplinar) yondashuv, statistik va vizual tahlil, manbashunoslik, ilmiy etika va plagiat muammolari, shuningdek, ilmiy natijalarni xalqaro ilmiy maydonda taqdim etish masalalarini maxsus yo‘naltirilgan holda qamrab oladi. Bu esa mazkur darslikni 5 umumiy metodologiya qo‘llanmalaridan farqli ravishda, aynan tasviriy san’at sohasi uchun ixtisoslashgan ilmiy-uslubiy manba sifatida namoyon etadi.
Darslikda keltirilgan amaliy misollar, seminar mashg‘ulotlari ssenariylari, bahs-munozara mavzulari va refleksiv topshiriqlar magistrantlarni tayyor nazariy bilimlarni o‘zlashtirish bilan cheklanib qolmasdan, mustaqil ilmiy izlanish olib borishga, tadqiqot muammosini to‘g‘ri qo‘yishga, ilmiy pozitsiyasini asoslab himoya qilishga o‘rgatadi. Shu orqali magistrantda tadqiqotchi, tahlilchi va ijodkor sifatidagi kasbiy kompetensiyalar uyg‘un rivojlanadi.
Ushbu darslik O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limni rivojlantirish, ilm-fan va amaliyot integratsiyasini kuchaytirish, ijodiy va innovatsion fikrlaydigan kadrlar tayyorlashga qaratilgan davlat siyosati talablariga to‘liq mos keladi. Mazkur darslik tasviriy san’at magistraturasi uchun ilmiy-tadqiqot metodologiyasiga bag‘ishlangan ilk kompleks darsliklardan biri sifatida nafaqat milliy, balki mintaqaviy ilmiy-ta’limiy amaliyotda ham muhim ahamiyat kasb etishi mumkin.  


References

1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – T.: O‘zbekiston, amaldagi tahrir.

2. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni. – T., 2020.

3. O‘zbekiston Respublikasining «Ilm-fan va innovatsion faoliyat to‘g‘risida»gi Qonuni. – T., 2020.

4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining oliy ta’limni rivojlantirishga oid farmon va qarorlari to‘plami. – T.: Adolat, 2017-2024.

5. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. – T.: “O‘zbekiston”, 2017. – 48 b.

6. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. – T.: O‘zbekiston, 2017. – 488 b.

7. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2021. – 464 b.

8. Abdirasilov S. Tasviriy san’atni o‘qitish metodikasi. – T.: O‘qituvchi, 2018.

9. Sulaymonov A. San’atshunoslik asoslari. – T.: Fan, 2016.

10. Xasanov R. Tasviriy san’at va badiiy ta’lim muammolari. – T.: Fan, 2019.

11. Bulatov S. Badiiy ta’limda zamonaviy yondashuvlar. – T.: YAngi asr avlodi, 2020.

12. Shovdirov S. Tasviriy san’at ta’limida ilmiy-pedagogik yondashuvlar. – T.: Fan, 2021.

13. Ibrohimov X. Pedagogik tadqiqot metodologiyasi. – T.: Fan, 2017.

14. Jo‘rayev R. Ta’lim sifatini baholash metodologiyasi. – T.:O‘qituvchi, 2018.

15. G‘oziyev ye. Psixologiya. – T.: O‘qituvchi, 2019.

16. Davlatshina D. Ijodiy tafakkur psixologiyasi. – T.: Fan, 2016.

17. Выготский Л.С. Воображение и творчество в дет- ском возрасте. – М.: Педагогика, 2019. 18. Краевский В.В. Методология педагогического исследования. – М.: Академия, 2018.

19. Новиков А.М., Новиков Д.А. Методология научного исследования. – М.: ЛЕНАНД, 2020. 20. Бархин Б.Г. Методология художественного анализа. – М.: Искусство, 2017.

21. Creswell J.W. Research Design: Qualitative, Quantitative, and Mixed Methods Approaches. – London: Sage, 2018.

22. Denzin N.K., Lincoln Y.S. The SAGE Handbook of Qualitative Research. – London: Sage, 2018.

23. Gray C., Malins J. Visualizing Research: A Guide to the Research Process in Art and Design. – London: Routledge, 2016.

24. Sullivan G. Art Practice as Research. – London: Sage, 2017.

25. Eisner E. The Arts and the Creation of Mind. – Yale University Press, 2019.

26. Borgdorff H. The Conflict of the Faculties: Perspectives on Artistic Research. – Leiden University Press, 2017.

27. Biggs M., Karlsson H. The Routledge Companion to Research in the Arts. – London: Routledge, 2019.