TASVIRIY SAN’ATDA KOMPOZITSIYA
Shovdirov Sunnat Aslanovich
Keywords: kompozitsiya, tasviriy san’at, kompozitsion tafakkur, badiiy obraz, kompozitsion markaz, ritm, proporsiya, kontrast, rang uyg‘unligi, kolorit, kompozitsion muvozanat, vizual idrok, badiiy tahlil, tasviriy vositalar, pedagogik texnologiyalar, mustaqil ta’lim, amaliy topshiriqlar, san’at ta’limi metodikasi.
Abstract
Mazkur o‘quv qo‘llanma 70110501 – Tasviriy san’at magistratura mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olayotgan magistrantlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda tasviriy san’atda kompozitsiya fanining nazariy, metodologik va amaliy asoslari tizimli ravishda yoritilgan. O‘quv qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimida amal qilayotgan davlat ta’lim standartlari, magistratura mutaxassisligi bo‘yicha malaka talablari, namunaviy o‘quv reja hamda “Tasviriy san’atda kompozitsiya” fanining namunaviy fan dasturi asosida ishlab chiqilgan.
Qo‘llanmada tasviriy san’atda kompozitsiyaning mohiyati, uning badiiy tafakkur va ijodiy jarayon bilan uzviy bog‘liqligi, kompozitsion qonuniyat va tamoyillar, badiiy obraz yaratish mexanizmlari hamda kompozitsion yechimni shakllantirishning nazariy va metodik jihatlari ilmiy asosda tahlil qilingan. Shuningdek, tasviriy san’at ta’limida kompozitsion tafakkurni rivojlantirish, ijodiy faoliyatni tashkil etish, talabalarning badiiy-estetik dunyoqarashini kengaytirish hamda ijodiy mustaqilligini shakllantirish masalalari zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida yoritilgan.
O‘quv qo‘llanmada kompozitsion fikrlashni shakllantirish, tasviriy san’at mashg‘ulotlarida ijodiy topshiriqlarni samarali tashkil etish, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va innovatsion metodlardan foydalanish bo‘yicha metodik tavsiyalar berilgan. Shuningdek, qo‘llanmada mustaqil ta’lim topshiriqlari, nazorat savollari, test topshiriqlari, glossariy va metodik ko‘rsatmalar keltirilgan bo‘lib, ular magistrantlarning nazariy bilimlarini chuqurlashtirish, amaliy ko‘nikma va malakalarini mustahkamlash hamda ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Mazkur o‘quv qo‘llanma magistrantlar, professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar hamda tasviriy san’at ta’limi sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislar uchun mo‘ljallangan.
References
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi PF–5847-son Farmoni “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi to‘g‘risida”.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF–60-son Farmoni “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”.
3. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. – Toshkent, 2020.
4. Abdirasilov S. Tasviriy san’atni o‘qitish metodikasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 2010.
5. Abdirasilov S. Tasviriy san’at nazariyasi. – Toshkent, 2015.
6. Nurmatov B. Kompozitsiya asoslari. – Toshkent, 2012.
7. Xasanov R. Tasviriy san’at asoslari. – Toshkent, 2014.
8. Karimov U. Tasviriy san’at pedagogikasi. – Toshkent, 2018.
9. Shovdirov S. Tasviriy san’at fanini o‘qitish metodikasi. – Buxoro.: Kamolot, 2025.
10. Shovdirov S. Oliy ta’limda mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi. – Toshkent.: «Sharq nashr», 2026.
11. Shovdirov S., Abdullayev S. Ilmiy-pedagogik va ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish. – Toshkent.: «Sharq nashr», 2026.
12. Arnheim R. Art and Visual Perception. – Berkeley: University of California Press, 2004.
13. Ocvirk O., Stinson R., Wigg P. Art Fundamentals: Theory and Practice. – New York, 2012.
14. Lauer D., Pentak S. Design Basics. – Boston, 2015.
15. Zelanski P., Fisher M. Design Principles and Problems. – Boston, 2010.
16. Wong W. Principles of Form and Design. – New York, 2011.
17. Abdurahmonov A. Tasviriy san’at ta’limida kompozitsion tafakkurni rivojlantirish metodikasi. Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi. – Toshkent, 2019.
18. Yusupov Sh. Oliy ta’limda tasviriy san’at fanlarini o‘qitish metodikasini takomillashtirish. Pedagogika fanlari bo‘yicha dissertatsiya. – Toshkent, 2018.
19. Xudoyberdiyev N. Talabalarning badiiy ijodiy faoliyatini rivojlantirishning pedagogik asoslari. Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi. – Toshkent, 2021.
20. Rahmatullayeva D. Tasviriy san’at ta’limida innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish. Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi. – Toshkent, 2020.
21. Mamatov S. Kompozitsiya fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish. Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori PhD dissertatsiya. – Toshkent, 2017.
Internet va elektron manbalar.
22. www.lex.uz – O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari milliy bazasi.
23. www.edu.uz – Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi rasmiy sayti.
24. www.researchgate.net – ilmiy maqolalar bazasi.
25. www.jstor.org – xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazasi.