ATF – hujayra energiyasi manbai: Sintezi va parchalanish yo‘llari

Ma'murova Marjona Ulug'bek qizi

Keywords: ATF, adenozin trifosfat, energiya almashinuvi, oksidlovchi fosforillanish, glyokoliz, Krebs sikli, mitoxondriya, ATF sintaza, ADP, AMP, elektron transport zanjiri, metabolik energiya, hujayraviy nafas olish.


Abstract

Annotatsiya: Ushbu ilmiy maqolada adenozin trifosfat (ATF) molekulasining hujayraviy energiya almashinuvidagi roli, sintezi va parchalanish yo‘llari batafsil yoritilgan. ATF barcha tirik organizmlarda universal energiya manbai bo‘lib, glyokoliz, Krebs sikli, oksidlovchi fosforillanish va fotosintetik fosforillanish kabi metabolik jarayonlar orqali sintez qilinadi. Maqolada ushbu yo‘llar orqali ATF qanday ishlab chiqarilishi, elektron transport zanjiri va ATF sintaza fermentining ishtiroki bilan energiya ajralishi tahlil etilgan. Shuningdek, ATF parchalanish reaksiyalari (ADP va AMP hosil bo‘lishi) va ulardan ajralgan energiyaning biologik funksiyalarda – mushak qisqarishi, faol transport, biosintez va issiqlik ishlab chiqarishdagi o‘rni ko‘rsatilgan. Maqolada ATF darajasining pasayishi natijasida yuzaga keladigan fiziologik va patologik holatlar, shuningdek, mitoxondriya faoliyatining energiya ta'minotidagi ahamiyati ham tahlil qilingan. ATFning doimiy sintez va parchalanishga uchrashi uni tiriklikning asosiy ko‘rsatkichi sifatida belgilaydi.


References

1. Alberts B. et al. Molecular Biology of the Cell. 6th Edition. Garland Science, 2014.

2. Nelson D.L., Cox M.M. Lehninger Principles of Biochemistry. 7th Edition. W.H. Freeman, 2017.

3. Berg J.M., Tymoczko J.L., Stryer L. Biochemistry. 8th Edition. W.H. Freeman, 2019.

4. Guyton A.C., Hall J.E. Textbook of Medical Physiology. 14th Edition. Elsevier, 2021.

5. Murray R.K. et al. Harper’s Illustrated Biochemistry. 31st Edition. McGraw-Hill, 2018.

6. Nicholls D.G., Ferguson S.J. Bioenergetics 4. Academic Press, 2013.

7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi. Bioorganik kimyo va bioenergetika asoslari. Toshkent, 2020.