RAQAMLI DAVLAT BOSHQARUVIDA SHAXSIY MA’LUMOTLARNI HIMOYA QILISH HUQUQI: XALQARO ME’YORLAR BILAN TAQQOSLAMA TAHLIL
Aliyev Asilbek Baxromovich
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
Keywords: Kalit so‘zlar: raqamli davlat, shaxsiy ma’lumotlar, himoya, GDPR, maxfiylik, xalqaro huquq, axborot xavfsizligi.
Abstract
Annotatsiya: Maqolada raqamli davlat boshqaruvi jarayonida shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish masalalari tahlil qilinadi. Axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi natijasida davlat organlari tomonidan aholining shaxsiy ma’lumotlarini yig‘ish, saqlash va qayta ishlash ko‘lami kengaymoqda. Shu bilan birga, ma’lumotlarning maxfiyligi, yaxlitligi va xavfsizligini ta’minlash global miqyosda dolzarb masalaga aylandi. Tadqiqotda O‘zbekiston Respublikasining “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonuni xalqaro me’yorlar, xususan Yevropa Ittifoqining Umumiy ma’lumotlarni himoya qilish reglamenti (GDPR), BMT hamda YEXHT standartlari bilan taqqoslab o‘rganilgan. Muallif raqamli davlat tizimida inson huquqlarini ta’minlash, shaxsiy ma’lumotlarni noqonuniy tarqatish va ulardan noqonuniy foydalanishning oldini olish borasida takliflar beradi.
References
Foydalanilgan adabiyotlar
1. O‘zbekiston Respublikasi “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonuni, 2019-yil 2-iyul.
2. General Data Protection Regulation (EU) 2016/679, European Union, 2018.
3. United Nations Resolution A/RES/68/167 “The right to privacy in the digital age”, 2013.
4. OSCE Guidelines on the Protection of Personal Data in the Digital Environment, 2020.
5. Karimov N. “Axborot xavfsizligi va ma’lumotlarni himoya qilish tizimlari.” – Toshkent: TATU nashriyoti, 2022.
6. Solovyov A.V. Информационная безопасность в государственном управлении. – Москва: Юрайт, 2021.
7. Warren S., Brandeis L. “The Right to Privacy.” Harvard Law Review, Vol. 4, 1890.