DISTAL FALANGA DERMATOGLIFIK KO‘RSATKICHLARINING GENETIK ASOSLARI
Yusupov Murodjan Axmedjanovich
Toshkent Tibbiyot akademiyasi Urganch filiali
Keywords: distal falanga, dermatoglifika, genetika, merosiylik, sud-tibbiyot, biometrik tahlil
Abstract
Ushbu maqolada distal falanga dermatoglifik ko‘rsatkichlarining genetik asoslari yoritiladi. Inson barmoqlarining uch qismida joylashgan dermatoglifik naqshlar — liniyalar, spirallar, yoylar va ularning kombinatsiyalari — genetik jihatdan barqaror, meros orqali o‘tuvchi belgilar hisoblanadi. Dermatoglifika fanining rivojlanishi inson genetikasi, shaxs identifikatsiyasi hamda sud-tibbiyot sohalarida muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotlarda distal falanga dermatoglifik izlari ota-onadan bolaga o‘tuvchi merosiy belgilar sifatida o‘rganiladi. Bu belgilar homiladorlikning 10–16 xaftaligida shakllanadi va hayot davomida o‘zgarmaydi. Shu sababdan, ular sud-tibbiyot ekspertizalarida shaxsni aniqlash, ota-bolalikni isbotlash yoki rad etish uchun ishonchli manba sifatida xizmat qiladi. Maqolada distal falanga izlarining genetik xususiyatlari, ularning irsiyat mexanizmlari, epigenetik omillar ta’siri hamda sud-tibbiy amaliyotdagi qo‘llanishi tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, dermatoglifik belgilarni o‘rganish genetik merosni aniqlashda DNK tekshiruvi bilan bir qatorda qo‘shimcha, ishonchli identifikatsion metod sifatida qo‘llanishi mumkin.
References
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Cummins, H., & Midlo, C. (1961). Fingerprints, Palms, and Soles: An Introduction to Dermatoglyphics. Dover Publications.
2. Penrose, L. S. (1968). Fingerprints and heredity. Journal of Medical Genetics, 5(2), 95–103.
3. Loesch, D. Z. (1992). Genetic aspects of dermatoglyphics. American Journal of Medical Genetics, 43(6), 857–864.
4. Schaumann, B., & Alter, M. (1976). Dermatoglyphics in Medical Disorders. Springer.
5. Babler, W. J. (1991). Embryologic development of epidermal ridges and their configurations. Birth Defects Original Article Series, 27(2), 95–112.
