''KONSTITUTSIYA – ERKIN VA FAROVON HAYOT GAROVI''

Sadullayeva Umida Yuldash qizi

Ijtimoiy–iqtisodiy fanlar fakulteti, 248-guruh, Yurisprudensiya yo‘nalishi talabasi

Keywords: Kalit so‘zlar: Konstitutsiya, huquqiy davlat, inson huquqlari, farovonlik, demokratik jamiyat, konstitutsiyaviy islohotlar, fuqarolik jamiyati, adolat tamoyili, huquqiy kafolatlar.


Abstract

Annotatsiya: Ushbu maqolada Konstitutsiyaning davlat va jamiyat hayotidagi o‘rni, huquqiy davlat barpo etishdagi ahamiyati hamda fuqarolarning erkin va farovon hayotini ta’minlashdagi asosiy kafolat sifatidagi roli yoritilgan. Konstitutsiya davlat organlarining vakolatlarini belgilovchi, inson huquqlarini muhofaza qiluvchi, jamiyatning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotini boshqarib turuvchi oliy huquqiy hujjat ekanligi tahlil qilingan. Maqolada O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilgan konstitutsiyaviy islohotlarning mazmuni, ularning fuqarolarning manfaatlariga ta’siri va huquqiy jamiyat qurishdagi strategik ahamiyati asoslab ko‘rsatiladi. Shuningdek, Konstitutsiyaning fuqarolarga erkinlik, adolat va farovonlik beruvchi asosiy tamoyillari ilmiy-uslubda sharhlanadi.