XORAZM SHAROITNING ABIOTIK STRESS OMILLARIGA CHIDAMLI YUMSHOQ BUG‘DOY NAV VA NAMUNALARINI SARALASH.
Otaxonov Toxirjon Qalandar o‘g‘li
Osiyo xalqaro universiteti. Urganch, O‘zbekiston
Keywords: Kalit so‘zlar: yumshoq bug‘doy, Xorazm vohasi, kontinental iqlim, sovuqqa chidamlilik, fenologiya, maysalar siyraklashuvi, seleksiya, boshlang‘ich manba.
Abstract
Annotatsiya. Ushbu maqolada Xorazm viloyatining keskin kontinental iqlimi, qorsiz qattiq sovuqlari hamda sho‘rlangan tuproq sharoitida yumshoq bug‘doy (Triticum aestivum L.) nav va namunalarining sovuqqa hamda qishga chidamlilik xususiyatlarini o‘rganish natijalari keltirilgan. Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti (PSUETITI) Xorazm ilmiy-tajriba stansiyasida 200 dan ortiq bug‘doy genotiplari ekologik sinovdan o‘tkazildi. Tadqiqot davomida maysalarning qishlash dinamikasi, siyraklanish darajasi hamda maqbul ekish muddatlarining sovuqqa chidamlilikka ta’siri baholandi.
References
1. Bobomirzayev, P. X. (2000). Osobennosti formirovaniya kornevoy sistemy myagkoy i tverdoy pshenitsy v zavisimosti ot srokov poseva. Uzbekskiy biologicheskiy jurnal, 1, 74-75.
2. Xurramov, A. A., & Boboyev, S. K. (2023). Donli ekinlarning abiotik stresslarga (sovuq va qurg‘oqchilik) chidamliligida fiziologik va biokimyoviy ko‘rsatkichlarning dinamikasi. Xorazm Ma'mun Akademiyasi Axborotnomasi, 4(2), 58-63.
3. Ziyayev, Z. M., Egamberdiyev, F. B., & O‘razov, A. T. (2022). Ekstremal harorat va sovuq urishi sharoitida g‘alla genotiplarining fiziologik ko‘rsatkichlarini baholash. O‘zbekiston Biologiya Jurnali, 3, 18-24.
4. Mardanov, R. B., & Bozorov, B. S. (2021). Kuzgi bug‘doy navlarining qishga va sovuqqa chidamliligini oshirishda mineral o‘g‘itlash me’yorlarining ta’siri. Toshkent Davlat Agrar Universiteti Axborotnomasi, 1(82), 41-46.
5. Yusupov, S. A., & Tursunov, S. Sh. (2024). Ekinlarning past haroratli stresslarga moslashuvida metabolitlar va antioksidant tizimning roli. O‘zbekiston Qishloq Xo‘jaligi va Atrof-muhit, 2, 12-17.