SIRDARYO VILOYATIDA SUG‘ORILADIGAN YERLARNING EKOLOGIK HOLATINI BAHOLASH
Akbaraliyev Shaxzodbek Umarali o`g`li
Toshkent shahar Uchtepa tumani 44-umumta’lim maktabi geografiya fani oʻqituvchisi
Keywords: Kalit so‘zlar: Sirdaryo viloyati, sug‘oriladigan yerlar, ekologik holat, tuproq sho‘rlanishi, meliorativ holat, sizot suvlari, kollektor-drenaj, suv ta’minoti, suvni tejovchi texnologiyalar, yer degradatsiyasi.
Abstract
Annotatsiya. Mazkur maqolada Sirdaryo viloyatida sug‘oriladigan yerlarning ekologik holati tuproq sho‘rlanishi, suv ta’minoti, meliorativ tizimlar va suv tejovchi texnologiyalar asosida tahlil qilingan. Tadqiqotda O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi hamda davlat tashkilotlarining rasmiy ma’lumotlaridan foydalanildi. Sug‘oriladigan ekin maydonlarining dinamikasi va ekologik holatga ta’sir etuvchi asosiy omillar o‘rganildi. Shuningdek, sho‘rlangan maydonlarni qisqartirish, kollektor-drenaj tarmoqlarini ta’mirlash, drenaj quduqlarini tiklash va suv ta’minotini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilgan tadbirlar baholandi. Natijalar tuproq sho‘rlanishi va meliorativ muammolar dolzarb bo‘lib qolayotganini ko‘rsatadi. Yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish hamda ekologik monitoringni kuchaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.
References
1. O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. Barcha toifalardagi xo‘jaliklarda sug‘oriladigan ekin maydon. SIAT rasmiy statistik ma’lumotlar bazasi. – Toshkent, 2025.
2. Sirdaryo viloyati hokimligi. Sirdaryo viloyatida 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar. – 2026.
3. Sirdaryo viloyati hokimligi. 2025-yilda Sirdaryo viloyatida qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot. – 2026.
4. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi. Yerlarning meliorativ holati va suv resurslaridan samarali foydalanishga oid rasmiy materiallar.
5. O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. Qishloq xo‘jaligi va atrof-muhit statistikasi bo‘yicha metodik materiallar.