YO‘L-TRANSPORT HODISALARINI SODIR ETGANLIK UCHUN JAVOBGARLIKNING KRIMINOLOGIK VA JINOYAT-HUQUQIY XUSUSIYATLARI
Niyazmetov Ikram Masharipovich
Mustaqil izlanuvchi, O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti O‘zbekiston Respublikasi
Keywords: yo‘l-transport hodisasi, transport jinoyati, jinoyat-huquqiy javobgarlik, ayb, ehtiyotsizlik, sababiy bog‘lanish, jazoning muqarrarligi, kriminologik profilaktika, yo‘l harakati xavfsizligi, transport jinoyatchiligi.
Abstract
Mazkur maqolada yo‘l-transport hodisalari natijasida yuzaga keladigan jinoiy javobgarlikning kriminologik va jinoyat-huquqiy xususiyatlari kompleks ravishda tadqiq etiladi. Tadqiqotda transport jinoyatchiligining zamonaviy holati, uning determinantalari, aybning ehtiyotsizlik shakllari, qilmish va oqibat o‘rtasidagi sababiy bog‘lanish hamda jazoning muqarrarligi prinsipining preventiv ahamiyati tahlil qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda mamlakatda jami 9 364 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan bo‘lsa, 2025-yilda ushbu ko‘rsatkich 9 226 tani tashkil etgan. Demak, yillik ko‘rsatkich 1,5 foizga kamaygan bo‘lsa-da, transport xavfsizligi muammosi yuqori darajada saqlanib qolmoqda. Maqolada O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi, transport xavfsizligiga oid qonunchilik hamda sud amaliyotining kriminologik mazmuni ochib beriladi. Tadqiqot natijasida jinoiy javobgarlikning preventiv samaradorligi faqat jazo og‘irligi bilan emas, balki uning muqarrarligi, tezkorligi, differensialligi va individual profilaktika bilan uyg‘unligi orqali ta’minlanishi asoslanadi.
References
1. O‘zbekiston Respublikasi. (1994). O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi. Toshkent.
2. O‘zbekiston Respublikasi. (1995). O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi. Toshkent.
3. O‘zbekiston Respublikasi. (2022). Yo‘l harakati qoidalari. Vazirlar Mahkamasining 172-son qarori.
4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi. (2015). Transport harakati va undan foydalanish xavfsizligiga qarshi jinoyatlar bilan bog‘liq ishlar yuzasidan sud amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risidagi 10-son qaror.
5. O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. (2026). Total traffic accidents (quarterly): SIAT statistical database.
6. O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. (2026). Avtomobil transportida tashilgan yo‘lovchilar soni: SIAT statistical database.
7. O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. (2026). Transport xizmatlari hajmi: SIAT statistical database.
8. World Health Organization. (2023). Global status report on road safety 2023. World Health Organization.
9. Peden, M., Scurfield, R., Sleet, D., Mohan, D., Hyder, A. A., Jarawan, E., & Mathers, C. (Eds.). (2004). World report on road traffic injury prevention. World Health Organization.