VOYAGA YETMAGANLAR O'RTASIDA HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASIDA PSIXOLOGIK DIAGNOSTIKA VA KORREKSION ISHLARNING O'RNI
Zarifova Maftuna Rasulbek qizi
Xorazm viloyati IIB Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko'rsatish Markazi psixologi katta leytenanti
Keywords: Kalit so'zlar: voyaga yetmaganlar, ichki ishlar organlari, deviant xulq-atvor, psixologik diagnostika, korreksiya, profilaktika, proyektiv metodikalar, Lüscher testi, reabilitatsiya, emotsional intellekt.
Abstract
Annotatsiya: Ushbu ilmiy maqolada ichki ishlar organlari tizimida, xususan, Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko'rsatish markazlarida amaliy psixologik faoliyatni tashkil etishning nazariy va amaliy jihatlari atroflicha yoritilgan. Deviant xulq-atvorga ega o'smirlarning shaxsiy va emotsional-irodaviy xususiyatlarini barvaqt aniqlashda zamonaviy psixodiagnostik usullarning, xususan, proyektiv metodikalarning ("Lüscher rang testi", "Daraxt-Uy-Odam", "Kaktus") o'rni va diagnostik afzalliklari asoslab berilgan. Shuningdek, aniqlangan psixologik disbalans va deformatsiyalarni korreksiya qilishga qaratilgan individual hamda guruhli dasturlarni amaliyotga tatbiq etish mexanizmlari tahlil qilingan.
References
O'zbekiston Respublikasining "Voyaga yetmaganlar o'rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to'g'risida"gi Qonuni. — Toshkent, 2010.
2. Rasulov A.I. Psixodiagnostika va psixologik maslahat. — Toshkent: Universitet, 2021. — 240 b.
3. Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya. — Toshkent: Fan va texnologiya,
2018. — 184 b.
4. Yugay A.X., Mirqosimova M. Deviant xulq-atvor psixologiyasi. — Toshkent: O'zbekiston, 2020. — 210 b.
5. Люшер М. Цветовой тест Люшера. — М.: Эксмо, 2019. — 192 с.