BOTU (MAHMUD HODIYEV) NASRIY MEROSIDA PROZA VA REALIZM SHAKLLANISHI MASALALARI: IJTIMOIY-RUHIY TAHLIL
Gulira’no Mamatkulova
Guliston davlat universiteti Adabiyotshunoslik yoʻnalishi 2-kurs magistranti Guliston davlat universiteti adabiyotshunoslik kafedrasi tadqiqotchisi
Keywords: Tayanch so‘zlar: Botu, Mahmud Hodiyev, o‘zbek nasri, hikoya janri, realizm, badiiy psixologizm, milliy tafakkur, ma’rifatparvarlik, Yangi qishloq, bolalar xarakteri, lirik proza.
Abstract
Annotatsiya. Ushbu ilmiy maqolada XX asr o‘zbek ma’rifatparvar adabiyotining yirik namoyandalaridan biri Botu (Mahmud Hodiyev) nasriy merosining janr, g‘oya va uslub xususiyatlari atroflicha tahlil etilgan. Adibning kam o‘rganilgan „Yangi qishloq“, „Hoshimjon“, „Tursun“ hamda bolalar dunyosiga bag‘ishlangan „Bolalar yolg‘oni“, „Mening kitobim“ hikoyalari misolida realistik tasvir tamoyillari, xarakterlar psixologizmi va ijtimoiy muhit munosabati tadqiq qilingan. Tadqiqotda badiiy asarlarning davr ijtimoiy manzarasi hamda o‘zbek nasrining tarixiy evolyutsiyasi bilan bog‘liqligi qiyosiy-badiiy va psixologik metodlar vositasida ochib berilgan.
References
1. Botu (Mahmud Hodiyev). Tanlangan asarlar. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1980. – 232 b.
2. Qosimov B. Milliy uyg‘onish: jasorat, ma’rifat, fojia. – Toshkent: Ma’naviyat, 2002. – 400 b.
3. Karimov N. XX asr o‘zbek adabiyoti manzaralari. – Toshkent: O‘zbekiston, 2008. – 320 b.
4. Sharafiddinov O. Cho‘lponni anglash. – Toshkent: Yozuvchi, 1993. – 160 b.
5. Nabiyev Q. Botu ijodida janrlar evolyutsiyasi va mahorat masalalari // O‘zbek tili va adabiyoti jurnali. – Toshkent, 2015. – № 4. – B. 45–49.
6. Ziyo uz portali (Ziyo.uz) – Botuning hayoti va ijodiy merosiga oid elektron resurslar.
7. Yo‘ldoshev Q. Yonayotgan yurak fojiasi (Botu hayoti va ijodiy merosiga chizgilar) // Jahon adabiyoti. – Toshkent, 2018. – № 9. – B. 88–95.