Oʻgʻuznoma” eposi — Xorazm vohasida shakllangan turkiy siyosiy va ma’naviy tafakkurning manbai sifatida
Ro‘ziboyev Polvon Ataxon o‘g‘li
Osiyo Xalqaro Universitetining (70220301– Tаrix yо‘nаlishlаr vа fаоliyаt turi bо‘yichа) magistraturasi birinchi bosqich talabasi
Keywords: Oʻgʻuznoma, Xorazm vohasi, turkiy davlatchilik, siyosiy tafakkur, ma’naviy meros, Oʻgʻuzxon obrazi, el birligi, adolatli boshqaruv, tarixiy xotira, milliy o‘zlik.
Abstract
Annotatsiya. Mazkur maqolada Oʻgʻuznoma eposining tarixiy ahamiyati hamda unda ifodalangan siyosiy va ma’naviy qarashlar Xorazm vohasi tarixiy taraqqiyoti bilan bog‘liq holda tahlil qilinadi. Asarda Oʻgʻuzxon timsoli orqali ilgari surilgan markazlashgan davlat tuzish, el birligi, adolatli boshqaruv, harbiy qudrat va hududiy yaxlitlik g‘oyalari turkiy davlatchilik tafakkurining muhim mezonlari sifatida yoritiladi.
Tadqiqot jarayonida epos mazmuni Xorazm vohasida shakllangan siyosiy an’analar va tarixiy tajriba bilan qiyosiy tahlil qilinadi. Natijada “Oʻgʻuznoma” nafaqat badiiy yodgorlik, balki turkiy siyosiy va ma’naviy tafakkurning shakllanish jarayonini aks ettiruvchi konseptual manba ekanligi asoslab beriladi.
Maqola turkiy davlatchilik g‘oyalarining tarixiy ildizlarini aniqlash hamda milliy o‘zlikni anglash jarayonini chuqurroq tadqiq etishga xizmat qiladi.
References
1. Oʻgʻuznoma. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, turli nashrlar.
2. Abulgʻozi Bahodirxon. Shajarai turk. – Toshkent: Cho‘lpon nashriyoti.
3. Rashid al-Din Hamadani. Jomeʼ ut-tavorix. – Toshkent: Sharq nashriyoti.
4. Zaki Validi Togan. Bugungi turkiy xalqlar tarixi. – Istanbul nashrlari.