NUTQ BUZILISHLARI BO‘LGAN BOLALARNING TA’LIM TARBIYA JARAYONIDA OTA ONALAI BILAN HAMKORLIKNING AHAMIYATI
Raximva Dilfuza Nurmetovna
Shovot tumani 8-son DMTT o‘qituvchi logoped
Keywords: Nutq buzilishi, logopediya, ota-ona hamkorligi, kommunikativ kompetensiya, psixologik muhit, korreksion pedagogika.
Abstract
Mazkur maqolada nutq buzilishlarini korreksiya qilish jarayonida ota-onalar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishning dolzarbligi va ahamiyati ilmiy jihatdan tahlil etiladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, logopedik ishlarning samaradorligi nafaqat mutaxassisning kasbiy faoliyatiga, balki oiladagi psixologik muhit hamda ota-onalarning pedagogik savodxonlik darajasiga ham bevosita bog‘liq ekanligi asoslab beriladi. Ota-ona ishtirokini nazarda tutuvchi kompleks yondashuv bolalarda nutq faoliyatining barqaror rivojlanishiga, ularning ijtimoiy moslashuvini yaxshilashga hamda kommunikativ kompetensiyasini shakllantirishga xizmat qilishi ko‘rsatib o‘tiladi. Shuningdek, maqolada logoped va ota-onalar hamkorligining samarali shakllari, interfaol metodlar hamda psixologik qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari yoritib beriladi.
References
1. Akbarova, G.N. Nutq buzilishlarining rivojlanish psixologiyasi., Toshkent: O‘zbekiston, 2008, 176 b.
2. Asqarova, D.S. Ota-ona va bola o‘rtasidagi muloqotning psixologik asoslari., Toshkent: Fan va Texnologiya, 2014, 198 b.
3. Islomova, M.T. Logopediya va nutq buzilishlarini davolash metodikasi., Toshkent: Ilm Ziyo, 2010, 210 b.
4. Juraev, S.O. Bolalarda nutq buzilishlari va ularni korreksiya qilish usullari., Toshkent: Akademnashr, 2013, 232 b.