SUYUQLANMALAR ELEKTROLIZI MAVZUSINI O‘QITISHDA FANLARARO INTEGRATSIYAGA ASOSLANGAN METODIK YONDASHUV
Matyakubov Jurabek Olloyorovich
Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabi kimyo fani o‘qituvchisi
Ataullayev Zokir Maxsudovich
Urganch davlat pedagogika instituti dotsenti
Eshchanov Ruzumboy Abdullaevich
professor, Chirchiq davlat pedagogika universiteti
https://orcid.org/0000-0002-8594-2907
Keywords: suyuqlanmalar elektrolizi, fanlararo integratsiya, elektrokimyo, elektr o‘tkazuvchanlik, metodik yondashuv.
Abstract
Annotatsiya. Mazkur maqolada suyuqlanmalar elektrolizi mavzusini o‘qitishda fanlararo integratsiyaga asoslangan metodik yondashuvning pedagogik ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda suyuqlanma elektrolizi jarayonining fizik-kimyoviy mexanizmlarini tushuntirishda mavjud adabiyotlarda ma’lumotlarning yetarli darajada yoritilmagani aniqlanadi. Kimyo, fizika va matematika fanlari o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik asosida mavzuni o‘qitish o‘quvchilarning elektroliz jarayonini chuqur va ongli ravishda anglashiga xizmat qilishi ko‘rsatib beriladi. Fanlararo integratsiya asosida tashkil etilgan mashg‘ulotlar o‘quvchilarning mantiqiy va tanqidiy fikrlashini rivojlantirishi, nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lash ko‘nikmalarini shakllantirishi asoslab beriladi.
References
1. Atkins, P., & de Paula, J. (2014). Physical Chemistry (10th ed.). Oxford University Press.
2. Chang, R., & Goldsby, K. (2016). Chemistry (12th ed.). McGraw-Hill Education.
3. Roʻzmetova Sevara Oktamboyevna, Ataullayev Zokir Maxsudovich, Eshchanov Erkabay Uskinovich, Umumtaʼlim maktablarida kimyo fanidan elektroliz mavzusini o‘qitishda fanlararo integratsiyadan foydalanish // “Urganch davlat pedagogika instituti axborotnomasi” ilmiy-nazariy va metodik jurnal, Urganch: 2025-yil. №6, 210-215-betlar.