MHXSNING NAZARIY VA AMALIY JIHATLARI: GLOBAL IQTISODIYOT SHAROITIDA RIVOJLANISH YO‘NALISHLARI
Zunnunov Lazizxon Olimxon o‘g‘li
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Moliyaviy hisob va hisobot kafedrasi tayanch doktaranti
Keywords: MHXS, globalizatsiya, moliyaviy hisob, O‘zbekiston, investitsiya, auditorlik, integratsiya, raqamli iqtisodiyot.
Abstract
Annotatsiya. So‘nggi yillarda jahon xo‘jalik tizimining globallashuvi, kapital harakatining erkinlashuvi va transmilliy korporatsiyalar sonining ortishi moliyaviy hisobotlarning yagona xalqaro mezon asosida yuritilishini talab etmoqda. Shu nuqtayi nazardan, Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) moliyaviy axborotning ishonchliligi, shaffofligi va taqqoslanuvchanligini ta’minlovchi asosiy mexanizmga aylandi. Maqolada MHXSning nazariy-uslubiy asoslari, global iqtisodiy tizimdagi o‘rni, O‘zbekistonda MHXSni joriy etish amaliyoti va xalqaro tajriba asosidagi rivojlanish istiqbollari tahlil qilinadi. Tadqiqotda taqqoslash, solishtirma tahlil, statistik ma’lumotlar va holat tahlillari usullari qo‘llanilgan. Natijalarga ko‘ra, O‘zbekistonda MHXSni to‘liq joriy etish investitsion jozibadorlikni oshiradi, lekin bu jarayonda kadrlar, raqamli infratuzilma va auditorlik mexanizmlari yetarli darajada shakllanmagan. Bundan tashqari, MHXSni joriy etish bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgani sababli bu jarayon kadrlar tayyorlash, texnologik infratuzilmani modernizatsiya qilish va xalqaro tajriba bilan uyg‘unlashtirishni talab etmoqda.
References
1. PQ–4611-son Qaror (2020-yil 24-fevral). Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida.
2. Moliya vazirligi normativ-huquqiy qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi, 2018–2023.
3. Jahon Banki. (2023). World Investment Report. Washington D.C.
4. Djambakieva G. (2023). Application of IFRS in Budgetary Accounting. Yashil Iqtisodiyot va Taraqqiyot jurnali.
5. Kilicheva F.B., Bazarova O.R., Irmukhamedova M.D. (2022). The Need to Transition to IFRS in Uzbekistan. European Journal of Emerging Technology and Discoveries.
6. “Implementation of IFRS in electric power companies of Uzbekistan taking into account national peculiarities and specifics energy sector.” Mathematical Statistician and Engineering Applications, 2022.
7. “Fair value measurement and limitations in applying in Uzbekistan.” International Journal of Political Sciences and Economics.
8. IFRS Foundation. Conceptual Framework for Financial Reporting. 2018.
9. Amidu, M., Issahaku, H. (2019). Do Globalisation and Adoption of IFRS by Banks in Africa Lead to Less Earnings Management? Journal of Financial Reporting and Accounting.
10. Hla, D.T., & Md Isa, A.H. (2017). Globalisation of Financial Reporting Standard in ASEAN: Malaysia and Singapore Experience. International Journal of Business & Society.
11. Eryılmaz Ü., Koçak D. (2024). The Impact of IFRS Adoption on Global Competitiveness. Journal of Turkish Court of Accounts.
12. Ball, R., & Brown, P. (2016). International Financial Reporting Standards: Development and Implementation. London: Routledge.
13. Schroeder, R. G., Clark, M. W., & Cathey, J. M. (2019). Financial Accounting Theory and Analysis. Wiley.
14. ASEAN Secretariat. (2022). Financial Reporting in Southeast Asia. Jakarta.
15. Uzdaily.uz (2022). IFRS Documents Recognized as Applicable in the Republic of Uzbekistan