Boshlangich inklyuziv sinflarda yozma nutq kamchiliklarini rivojlantirishni takomillashtirish
Yuldashev Sodirjon Jurayevich
Qoqon universiteti Pedagogika psixologiya kafedrasi o’qituvchisi
Keywords: inklyuziv ta’lim; boshlang‘ich sinf; yozma nutq; imlo xatolari; disgrafiya; akustik disgrafiya; optik disgrafiya; motor disgrafiya; differensial ta’lim; pedagogik kuzatish; so‘rovnoma; ona tili darsligi; logopedik yondashuv; maxsus pedagogika; o‘quvchilar savodxonligi.
Abstract
Ushbu ilmiy ish boshlangʻich sinflarda taʼlim olayotgan inklyuziv o‘quvchilarning yozma nutqida uchraydigan kamchiliklarni aniqlash, ularning kelib chiqish sabablari va bartaraf etish yo‘llarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda Oʻzbekistonda inklyuziv ta’limni rivojlantirishga doir normativ-huquqiy asoslar, xususan 2020-yilda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning 20-moddasida belgilangan inklyuziv ta’lim talablari tahlil qilinib, ta’lim jarayonida teng imkoniyatlar yaratishning amaliy mexanizmlari yoritib berilgan. Shuningdek, M.Y. Ayupovaning “Logopediya” kitobida bayon qilingan O.A. Tokaryova tomonidan tasniflangan akustik, optik va motor disgrafiya turlari ilmiy asosda sharhlab berilgan hamda ushbu buzilishlarning o‘quvchilarning yozma nutq malakalari shakllanishiga ta’siri ochib berilgan. Tadqiqotda nazariy tahlil, pedagogik kuzatish va so‘rovnoma metodlari qo‘llanildi. Ona tili darsliklari, mashq va topshiriqlar tizimli tahlil qilinib, yozma nutq kamchiliklari ko‘p uchraydigan mavzular aniqlandi. Fargʻona viloyati Bag‘dod tumanidagi bir nechta maktablarda 100 nafar inklyuziv o‘quvchi va 10 nafar boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazilib, o‘quvchilarning yozma nutqida eng ko‘p uchraydigan xatolar – harflarni chalkashtirish, jarangli-jarangsiz undoshlarni farqlamaslik, tinish belgilarini qo‘ymaslik, yonma-yon kelgan harflarni tushirib qoldirish kabi muammolar aniqlangan. Kuzatuv natijalariga ko‘ra, o‘quvchilarning yozma nutqidagi kamchiliklar ko‘proq ko‘rish, eshitish, tayanch-harakat analizatorlari faoliyatidagi cheklanishlar bilan uzviy bog‘liq ekani qayd etilgan. Tadqiqot natijalari boshlangʻich sinf o‘quvchilarining yozma nutq ko‘nikmalarini rivojlantirishda individual yondashuv, differensial ta’lim, interfaol metodlar, logopedik mashqlar va ijodiy topshiriqlar samarali ekanini ko‘rsatdi. Ish davomida ishlab chiqilgan tavsiyalar inklyuziv sinf o‘qituvchilari, logopedlar va maxsus pedagoglar uchun amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, o‘quvchilarning yozma savodxonligini oshirish, nutqiy rivojlanishdagi nuqsonlarning oldini olish hamda ularni bartaraf etishda qo‘llanilishi mumkin.
References
1.22-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) https://lex.uz/docs/-5679836
2. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 638-son qaroriga 1-ILOVA
26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 705-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/705/1000-son)
3. 26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 705-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/705/1000-son)
4. 26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 705-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/705/1000-son)
5. Ona tili fani bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi uzluksiz ta’lim Milliy o‘quv dasturlari. Toshkent, 2021-yil , 252 b https://renessans-edu.uz/files/books/2023-11-04-07-26
6. 05_2cb77d3b5180193f37e853bf02885347.pdf M.Y Ayupovaning Logopediya kitobidan 400-bet
7.file:///C:/Users/User.AD.042/Downloads/fayl_425_20210422_1_exxP0Mb.pdf M.U Xamidovaning Maxsus pedagogika kitobidan
8.S.J.Yuldashev.Tasviriy sa’nat va qo’l mehnati o’qitish metodikasi.O’quv qo’llanma.T.2022.
9. .S.J.Yuldashev.Boshlangich inklyuziv sinfda rivojlanishi meyorda va aqli zaif nutq nuqsoniga ega o’quvchilarni mayda qo’l motorikasini rivojlantirishda innovatsion pedagogik texnologiyalar.Maqolasi.NamDU.
10. .S.J.Yuldashev.Rivojlanishi meyorda bo’lgan bolalarda nutq aloqasini shakllantirish.Maqolasi.NamDU